Jahon | 18:59 / 07.05.2018
29588
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 7 yoshli bola eng yosh millionerga aylandi

Foto: TASS /Artem Geodakyan

Ukraina Davlat fiskal xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Miroslav Prodanning ma'lum qilishicha, Ukrainada o‘tgan yilda grivnadagi millionerlar soni 16 foizga oshdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«2017 yilda 1 mln grivna (38 ming dollar)dan ortiq miqdordagi daromadni 4063 to‘lovchi deklaratsiyadan o‘tkazdi. Avvalgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda hozirgi millionerlar soni 16 foizga yoki 559 kishiga ortdi», - dedi Prodan.

Uning ta'kidlashicha, 1 mln grivnadan ortiq daromadini deklaratsiyadan o‘tkazgan eng yosh soliq to‘lovchi 7 yoshda, eng yoshi kattasi – 99 yoshda.

Prodanning qo‘shimcha qilishicha, faqatgina bir fuqaro 1 mlrd grivna (38 mln dollar)dan ko‘proq miqdordagi daromadni deklaratsiyadan o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada JCh-2018 translyatsiyasi o‘lim bilan tenglashtirilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid