Juma kuni fransiyalik murabbiy El-klasikoda biroz kuçsizlangan tarkibni maydonga tuşirişi va u uçun mavsumning eng muhim öyini «Liverpul»ga qarşi final bölişi haqida xabarlar tarqalib ketgandi. Ammo tarkiblar e'lon qilinganida, madridliklar bu öyinga kutilganidan jiddiy yondoşganini bildik.

Albatta, bunday qarorga ham öziga yaraşa sabablar bor. Turnir nuqtai nazaridan, «Real»da «Atletiko»ni quvib ötib va ikkinçi örinni egallaş imkoniyati bor, ayniqsa, «Atletiko» öz maydonida Kataloniyaning boşqa jamoasiga yutqazib qöygaç, bu ehtimol yanada oşdi. Ikkinçidan, final oldidan salkam bir oy öyinlarga jiddiy yondoşmaslik ham xavfli, qaysidir ma'noda, bu öyinni «Liverpul»ga qarşi öyinga tayyorgarlik bosqiçi sifatida ham qaraş mumkin. Uçinçidan esa, mavsumni birorta ham mağlubiyatsiz ötkazayotgan «Barselona»ning bu seriyasiga «Kamp Nou»da barham beriş juda ajoyib natija bölardi.
Xullas, faqat jarohatlangan Karvaxal va Isko tarkibdan çetda qolişdi. Sönggi öyinlarda asosiy tarkibda köp tuşayotgan Vaskesning himoyadagi örnini Naço, yarimhimoyadagi örnini esa, Garet Beyl egalladi. «Barselona» esa, hamma uçun kutilgan tarkibni tuşirdi, deb aytiş mumkin.
«KORIDOR»
Ötgan öyinda «Deportivo» maydonida ğalaba qozongan «Barselona» çempionlikni rasmiylaştirdi. Ispaniyadagi an'analarga köra, bunday paytlarda, raqib jamoa ikki qator bölib turgan holda çempionlarni öziga xos «koridor» bilan kutib olişadi. Ön yil oldin mamlakat çempioniga aylangan «Real»ni «Santyago Bernabeu»da xuddi şu tarzda kutib olgan «Barselona» şu an'anani boşlab bergandi.
Lekin bu safar «Real» bundan voz keçdi. Bu qarorni mehmonlar murabbiyi Zidan «Barselona» ham ularni klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibligidan keyin «koridor» bilan kutib olişmaganini eslatdi. Öz navbatida kataloniyaliklar bunday an'ananing klublar örtasidagi jahon çempionatiga aloqasi yöqligini, çunki u turnirda «Barselona» qatnaşmaganini aytişdi.

Aniq yozilib qöyilgan qoidaga asoslanmagan bunday holatlarda kim haq yoki nohaqligini topişning iloji yöq, zero «Barselona»ning özi Klublar örtasida çempion bölib, Ispaniyaga qaytganida, boşqa jamoalarning mana şunday «koridor»laridan ötişgan edi. Şuningdek, Valverdening özi yanvar oyida «Real»ga koridor qilmaslik qarorini oçiqlar ekan, bunday tadbirlar öz ma'nosini yöqotganligini aytib ötgandi.












