AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQŞ Eron bilan 2015 yilda tuzilgan yadroviy bitimni uzaytirişi yoki undan çiqişini e'lon qiladi.
“Men Eron bilan bitim böyiça qarorimni Oq uyda soat 14da e'lon qilaman”, deb yozgan Tramp tvitterda. Bundan Tramp uşbu qarorini Toşkent vaqti bilan soat 23.00da e'lon qilişi kelib çiqadi.
Eron va xalqaro vositaçilar oltitaligi 2015 yilda Eron atom muammosini tartibga soliş böyiça tarixiy kelişuvga erişgandilar. Unga köra, Eronning bajarişi undan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni oladigan harakatlar rejasi qabul qilingandi.
Tramp prezident bölib saylangungaça ham uşbu bitimni keskin tanqid qilib kelgan. Tramp uni “tarixdagi eng yomon bitim” deb atab, uni töğrilaşning iloji bölmasa, AQŞ undan çiqib ketişi mumkinligini aytgan.









