Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxu qarorgohidagi tantanali qabuli Netanyaxuning şaxsiy oşpazi sababli xijolatbozlik bilan tugadi.
Oşpaz Moşe Segev mehmonlarga oddiy idiş örniga tufli içiga joylaştirilgan öziga xos şirinlik tortiq qilgan. Biroq yapon delegatsiyasi va Yaponiyada işlagan Isroil diplomatik korpusi vakillari körinişiça yapon madaniyati bilan yaxşi taniş bölmagan oşpazning bu “öziga xosligi”dan xursand bölişmagan.
Gap şundaki, yapon an'analarida juda kam narsa köça poyabzalidan haqoratomuzroq qabul qilinadi. Bunday poyabzalda uyga, restoranga kirilmaydi va unda hattoki işxonada ham yurilmaydi. Diplomatik korpus vakillari uşbu vaziyatni xudojöy yahudiyga çöçqa şaklida işlangan idişda şokolad berişga qiyoslaşgan.

“Bu ahmoqona va betakalluf qaror bölgan. Yapon madaniyatida poyabzaldan köra köproq hazar qilinadigan narsa yöq. Yaponlar poyabzalda nafaqat uyga kirişadi, uni hattoki ofisda kiyib yurişmaydi. Hattoki boş vazir, vazirlar va parlament a'zolari ham işda köça poyabzalini kiyib yurişmaydi”, deb aytgan Yaponiyada işlagan isroillik diplomat.
Mojarodan keyin oşpaz bergan bayonotida şirinlik haqiqiy tuflida emas, balki Yaponiya boş vaziri uçun maxsus yaratilgan tufli şaklidagi metall idişda berilganini ma'lum qilgan.












