Adabiyot sohasida Nobel mukofotini topşiruvçi Şved akademiyasi tört a'zosining iste'fosini rasman qabul qildi, bular - Lotta Lotass, Klas Estergren, Sara Stridsberg va Kerstin Ekman. Svenska Dagbladet gazetasi şu haqida xabar berdi.
"Yaqin kunlarda biz ularning iste'fosiga doir matbuot relizini tayyorlaymiz. Bu uç kişi va ular bilan yana Kerstin Ekman ham bor. U akademiya hayotida ançadan beri iştirok etmadi va biz buni iste'fo uçun yetarli asos deb hisoblaymiz", - deydi Şved akademiyasi doimiy kotibi vazifasini bajaruvçi Anders Ulsson.
Yaqin vaqt içida yangi akademiklar saylovlari bölib ötişi kerak, bu muassasaning normal faoliyati hamda Nobel mukofoti sovrindorini tanlaş juda uçun muhim.
Ötgan oy Estergren, Lotass va Stridsberg Akademiya tarkibidan çiqişga doir ariza berişgan edi, Ekman esa bunga qadar şunday istak bildirgan.
Ötgan juma Şved akademiyasi mukofotni topşiriş marosimini 2018 yildan keyingi yilga köçirişga qaror qildi, bunga sabab sifatida uning a'zolari soni qisqargani hamda butun dunyoda unga bölgan işonç kamaygani keltirildi.
Şved akademiyasiga 1786 yilda qirol Gustav III tomonidan şved tili va adabiyotini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida asos solingan.








