Payariq tumanida yaşovçi A.O. bolalar kiyimini sotiş bilan şuğullanardi. Topgan-tutgani oilasiga yetardi, biroq ayol bundan-da köpini istadi, deb yozmoqda Zarnews.
Avvaliga u yangasi M.S.dan 200 AQŞ dollari oldi. Buning hisobidan A. biznesini kengaytiradi, biroq bu ham unga kamlik qildi. Keyingi safar u yangasidan 2 ming “köki” qarzga oladi va pullarni uç oydan söng foizi bilan qaytarişga qarindoşini işontiradi.
Biroq, qarzni qaytariş muddati tezda keldi. M. har kuni undan pullarni qaytarişini talab qildi.
A. qanday qilib “kreditor”dan qutuliş yöllarini izlay boşladi va bir kuni özi bilan metall bölagini olib M.ning uyiga bordi.
Yangasi qarzni olib keldi, deb öylab bahri-dili oçilib ketdi. Biroq bunday emasligini bilgaç, uni urişa ketdi.
A. qulay paytni poylab metall bilan ayol boşiga urdi. M. yiqilib tuşganini körib, qoçib ketdi.
Şifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolişga urindi. Biroq M. vafot etdi.
A.O. Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.













