Anqara Ğarbning Bolqon yarim orolida inqiroz va beqarorlik yaratiş böyiça rejalarini buzmoqda, bu ğarb davlatlarining Turkiya bu mintaqada juda faol ekani böyiça tanqidiga sabab bölyapti, deya ma'lum qildi Turkiya yetakçisi Toyyib Erdöğan.
Avvalroq, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevroparlamentdagi çiqişi vaqtida Bolqonni Yevroittifoq, Turkiya va Rossiya manfaatlari töqnaşadigan joy, deb atagandi. Turkiya TIV rasmiy vakili Hami Oqsoyning ma'lum qilişiça, Anqara bunday yondaşuvni notöğri, deb hisoblaydi.
"Ğarb davlatlari bizning Bolqondagi harakatlarimiz, bu mintaqadagi bizning taşabbus va sa'y-harakatlarimizga nafrat bilan qaramoqda... Biz Serbiya, Bosniya va Gertsegovina bilan qalin hamkorligimiz ba'zilarga yoqmayotganini körmoqdamiz. Ular harakatlarimiz haqida notöğri tuşunça şakllantirişga urinmoqda, sababi bizning hamkorligimiz meva berayotganidan xavotirga tuşib qolişgan. Turkiyaning sa'y-harakatlari ular mintaqada inqirozlar va beqarorlik yöli bilan amalga oşirişga möljallagan rejalariga xalaqit qilmoqda", - dedi Erdöğan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiçning Turkiyaga taşrifi davomida taşkil etilgan qöşma matbuot anjumanida.
Erdöğanning sözlariga köra, Ğarbning qarşi harakatlariga qaramay, Turkiya Bolqonda faollikni davom ettirmoqda, xususan, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlaştiruv agentligi orqali. "Masalan, Turkiya mintaqada tarixiy yodgorliklarni tiklaş uçun barça sa'y-harakatlarni körmoqda. Biz bundan keyin ham şunday kayfiyatda işlaymiz", - deya qöşimça qilib ötdi Turkiya prezidenti.
Öz navbatida, Vuçiç Turkiyani Bolqondagi yetakçi kuç deb atab, uning pozitsiyasini e'tiborga oliş muhimligini ta'kidladi. "Turkiyaning Bolqon yarim orolidagi iştiroki biz uçun ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan juda muhimdir. Turkiya bilan şerikçiligimiz mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaşga katta hissa qöşmoqda", - deya aytib ötdi Serbiya prezidenti.












