Avstraliya hukumati 2018 yil 8 may kuni 2018-2019 yillarga möljallangan byudjyet doirasida öz koinot agentligini yaratişini e'lon qildi. Ma'lum qilinişiça, koinot agentligiga 26 mln Avstraliya dollari (19,4 mln AQŞ dollari) miqdorida mablağ ajratiladi.

2019-2020 yillarda agentlikka yana 15 mln Avstraliya dollari ajratiladi. U bu pullarni xalqaro koinot loyihalariga investitsiya qilişga işlatişi mumkin böladi.

Agentlikning asosiy vazifalari raqobatbardoşlikni ta'minlaş uçun Avstraliya koinot sanoatini qöllab-quvvatlaş, koinot sektori korxonalari işini muvofiqlaştiriş, korxona aksiyadorlari, hukumatning turli darajadagi idoralari bilan birga işlaş, koinotda xalqaro hamkorlikni amalga oşirişdan iborat böladi.

Agentlik 1 iyuldan öz faoliyatini boşlaydi.