Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 may - Xotira va qadrlaş kuni bayrami munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlarda qatnaşiş uçun Toşkent şahrining bir neça nuqtalarida böladi.
«Kun.uz»ga ma'lum bölişiça, prezident ertaga Xalqlar döstligi maydoniga qaytarilgan Şomahmudovlar oilasi kompozitsiyasini borib körişi, Olmazor tumani hokimiyati binosi oldidagi maydonga borib, general Sobir Rahimov haykalini ziyorat qilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev şu kuni Toşkent Botanika boğida ötkaziladigan bayram marosimlarida qatnaşadi.
Boğda bir neça haftadan buyon 9 mayga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Yölaklar ta'mirlangan, ba'zi ösimliklar qayta ekilgan, boğ hududiga Ikkinçi jahon uruşini gavdalantiruvçi eksponatlar olib kelingan.











