Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi huzuridagi «Özbekekspertiza» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Özbekiston Respublikasi taşqi iqtisodiy tovar nomenklaturasi asosida izlaş dasturi va eksport-import sohasi vakillari uçun kerakli ma'lumotlarni öz içiga olgan Telegram-bot yölga qöyildi. Taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
“Biz zamonaviy texnologiyalar orqali maqsadli auditoriyamiz bilan işlaş jarayonlarini takomillaştirmoqdamiz. Telegram-bot eksport va import uçun zarur bölgan hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayonini yengillaştiradi. Mazkur bot bor-yöği ikki klik orqali tovar nomenklaturasi asosida mahsulot klassifikatsiyasini topiş, şuningdek «Özbekekspertiza» AJ faoliyati va xizmatlari haqida kerakli ma'lumot oliş imkonini beradi”, - deya ta'kidlaydi aksiyadorlik jamiyati boş direktori Uluğbek Abduğaniyev.
Uşbu Telegram-bot yordamida taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari quyidagi imkoniyatlarga ega bölişlari mumkin:
- Tovar nomenklaturasi kodlari va nomlarini izlaş uçun kerakli vaqtni qisqartiriş;
- «Özbekekspertiza» AJ vakillariga töğridan-töğri murojaat qiliş;
- «Özbekekspertiza» AJ xizmatlariga onlayn-arizalardan foydalaniş.
Mazkur botdan foydalaniş uçun Telegram messenjeri izlaş qatorida @uzbekexpertiza_bot nomini kiritiş va botni “Start” buyruği orqali işga tuşiriş kifoya.

















