AQŞ prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens KXDRda siyosiy mahbuslikdan ozod etilib, AQŞga qaytarib olib kelingan 3 nafar amerikalikni kutib olişga çiqdi.
CNN telereportajida Tramp va Pens rafiqalari Melaniya va Karen bilan birgalikda asirlikdan qaytgan amerikaliklarni qarşilaş uçun samolyot bortiga çiqişganini köriş mumkin.
AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo va ozod etilgan amerikaliklar çiqqan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 2:40da (Toşkent vaqti bilan soat 11:40) Merilend ştatidagi Vaşingtonga yaqin Endryus aviabazasiga qöndi.
Yonhap News agentligining yozişiça, KXDRda qamoqqa olingan, josuslik va duşmanona harakatlarda ayblangan AQŞ fuqarolari aprel oyida qamoq lageridan Pyongyang yaqinidagi mehmonxonalardan biriga ötkazilgan edi. Ularni ozod etiş borasidagi muzokaralar KXDRda AQŞ manfaatlarini ifoda etuvçi Şvetsiya vositaçiligida ötkazilgan.
Ulardan biri Kim Don Çel - 2015 yilning oktabridan buyon asirlikda qolayotgandi. U josuslik faoliyatida ayblanib, 10 yillik qamoqqa hukm qilingandi. Yana ikki mahkum - Kim San Duk va Kim Xak Son - Pyongyang universitetida fan va texnologiyadan dars berişgan. Ular bir yarim yil muqaddam «KNDRga nisbatan jinoyatkorona xatti-harakatlar»da ayblanib qölga olingandi.
Ozod etilgan amerikaliklar Trampga va Pompeoga uyga qaytişda bergan yordamlari uçun minnatdorçilik bildirişdi.

Ötgan yilda KNDR AQŞga amerikalik 22 yoşli talaba Otto Vombiyerni topşirgandi. Bir yil davomida qamoqda bölgan talaba ozod etilişidan bir hafta ötib vafot etgandi. Qöşma Ştatlardagi şifokorlar talabaning boş miyasida juda oğir buzilişlarni aniqladi.
U Şimoliy Koreyaga sayyoh sifatida kelgan va mehmonxona devoridagi taşviqot plakatini yulib olib, uyiga esdalik tariqasida olib ketmoqçi bölgani uçun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.









