Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil 2 soat davomida Suriyani bombardimon qildi
Foto: Reuters
Eronlik harbiylarning Golan tepaliklariga hujumiga javoban Isroil armiyasi Suriya hududi bo‘ylab havo zarbalari berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qilgan.
Bombardirovka mahalliy vaqt bilan soat 01:45dan soat 03:45gacha davom etgan.
«Hujumda Isroilning F-15 va F-16 rusumli samolyotlari ishtirok etib, Suriyaning turli hududlariga «havo-yer» tipidagi 60ta raketa yo‘llagan. Isroil hududidan turib, 10 martadan ortiq «yer-yer» tipidagi taktik raketalar uchirilgan», — deyilgan harbiy muassasa xabarida.
Qayd etilishicha, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari raketalarning yarmidan ortig‘ini to‘xtatib qolgan.
Raketalar Eron harbiy bo‘linmalari joylashgan hududlar, shuningdek, Damashq yaqinida va Suriya janubida joylashgan havo hujumidan mudofaa tizimlari obektlariga amalga oshirilgan.
Hujumlar natijasida Suriya Arab respublikasi armiyasining 3 nafar askari halok bo‘lgan. Shuningdek, radar stansiyasi yakson etilgan, omborxonalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir qancha texnikalari yo‘q qilingan.
10 may kuniga o‘tar kechasi Isroil hukumati eronliklarning «Quds» harbiy bo‘linmasi Suriya hududidan turib, Golan tepaliklaridagi isroilliklarning bazasi tomonga 20ta raketa uchirganini ma'lum qilgandi. Isroilliklar bu harakatni Eronning agressiyasi sifatida baholagan va Suriya hududi bo‘ylab javob zarbalari amalga oshirgandi.
Mavzuga oid
09:41
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
19:41 / 17.12.2025
«U endi Putinga kerak emas». The Guardian Bashar Asadning Moskvadagi hayoti haqida yozdi
18:29 / 17.12.2025