Yevropada milliy çempionatlarda sönggi turlar yaqinlaşmoqda. Köplab çempionatlarda ğoliblar nomi aniq bölgan bölsada, yevrokuboklarga, Çempionlar ligasiga beriladigan yöllanmalar uçun kuraş davom etmoqda. Şuningdek kubok uçun ham kuraş davom etayapti. Tribuna.Uz kunning eng muhim öyinlari anonsi bilan taniştiradi.

Çelsi - Haddersfild

Foto: AFP

Angliyada ham qariyb barça masalaga oydinlik kiritilgan. «Mançester Siti» allaqaçon çempion, «Mançester Yunayted» salkam ikkinçi, «Stok Siti» va «Vest Bromviç» esa ligani tark etişi aniq bölib ulgurdi. Yevropa ligasida iştirok etadigan ikki jamoa nomi ham ma'lum — «Arsenal» va «Byornli». Faqatgina YeÇL uçun ikki yöllanma va yana bir quyi liga iştirokçisi aniqlanişi lozim böladi. Bugun ötgan turlarning qoldirilgan uçraşuvi doirasida aynan mana şu ikki intriganing asosiy iştirokçilari maydonga tuşadi. «Çelsi» YeÇL yöllanmasi uçun, «Haddersfild» esa ligada jon saqlab qoliş uçun harakat qilmoqda.

«Çelsi»da ayni vaqtda 69 oçko mavjud, «Tottenhem»da – 71, «Liverpul» – 72 oçko. Ammo ularda Konte şogirdlaridan bitta öyin köproq. Bugun «Çelsi» ğalaba qozongan taqdirda liverpulliklarga yetib olişi va Poçettino şogirdlarini ortda qoldirib ketişi mumkin. «Haddersfild» esa ligada qolişi uçun sönggi ikki öyinda heç bölmasa bir oçko töplaşi kerak böladi.

Bir neça tur oldin heç kim «Çelsi»ni katta farqni yöqqa çiqarib, YeÇL uçun kuraşni davom ettirişiga işonmagandi. Ammo bugungi kunga kelib, hammasi jamoaning öz qölida qolmoqda. Qolgan ikki uçraşuvdagi ğalaba Kontening minimum missiyani bajara olişiga yetarli böladi. APL debyutanti bu turdagi öta motivatsiyasi yuqori öyindan söng, keyingi turda Arsen Vengerning sönggi öyinida maydonga tuşadigan «Arsenal» bilan öynaydi. Şundan ham vazifa yanada qiyinligini tuşuniş mumkin.

Faktlar

Şu kungaça ikki jamoa 65 marta maydonga tuşgan: 29 öyinda «Çelsi», 27 öyinda «Haddersfild» ğalaba qozongan. 9 öyinda durang qayd etilgan.
Birinçi davradagi öyinda «Çelsi» 3:1 hisobida ğalaba qozongan.
«Haddersfild» «Çelsi»ga qarşi sönggi olti öyindan buyon gol urmoqda.

Yuventus - Milan (23:55)