O‘zbekiston | 17:24 / 10.05.2018
10214
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning eng yirik e-commerce kompaniyasi kuzda O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Foto: weproject.kz

Qozog‘istonning eng yirik e-commerce kompaniyasi, Chocofamily Holding, O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya asoschisi Ramil Muxoryapov Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning SmArt.Point startap-maydonchasiga tashrifi chog‘ida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, investitsiyalarga 5,5 million dollar yo‘naltiradigan va umumiy aylanmasi 40 milliard tenge (taxminan 120 million dollar) bo‘lgan kompaniya 2018 yilning kuzidayoq O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida.

Spot’ning yozishicha, Chocofamily Holding Qozog‘istondagi eng yirik e-commerce kompaniyasi. Xolding tarkibiga quyidagilar kiradi: Chocolife.me jamoaviy xaridlar xizmati, BeSmart kollektiv xarid servisi, Chocotravel.com onlayn avia va temir yo‘l chiptalarini sotib olish bo‘yicha xizmat, Chocomart.kz internet-do‘konlari, Lensmark.kz, Chocofood.kz taom buyurtma qilish va yetkazib berish xizmati, iDoctor.kz shifokorlarini qidirib topish xizmati.

Kompaniya muntazam ravishda bozordagi boshqa o‘yinchilarni, shu jumladan bevosita raqobatchilarni o‘ziga qo‘shib olishi bilan mashhur. Shu tariqa, u mamlakatdagi e-commerce bozorining aksariyat qismini o‘z qo‘lida birlashtirgan.

Mavzuga oid