«Real» prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar vaqtida «PSJ» hujumçisi Neymarni sotib oliş uçun hamma narsaga tayyor. Bu haqda Don Balon naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, 26 yoşli braziliyalik futbolçini sotib oliş uçun «Qirollik klubi» beş nafar futbolçisi bilan xayrlaşişga tayyor bölib turibdi.
Naşrning qayd etişiça, sotilişi mumkin bölgaan futbolçilar içida asosiy da'vogarlar Karim Benzema va Garet Beyl bölib turibdi. Bundan taşqari jamoa Xesus Valexo, şuningdek Dani Sebalos va Mateo Kovaçiçlarni sotişni rejalaştirgan.
«Real» Neymar uçun 260 million yevro sarflaşi kutilmoqda. Braziliyalik futbolçi «Barselona» «PSJ»ga rekord miqdordagi summa — 222 million yevro evaziga ötgandi.
2017/18 yilgi mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida 30 uçraşuvda maydonga tuşib, 29 gol muallifi bölgan. 25 fevral kuni «Marsel»ga qarşi uçraşuvda (3:0) u jarohat olib, 3 mart kuni operatsiya qilingandi. 5 mayga kelib, u parijliklar qarorgohiga qaytdi va ayni vaqtda tiklaniş maşğulotlarini olib bormoqda.








