4 may kuni Toşkentda, ADWEEK marketing va reklama haftasi doirasida, «2017 yil brendi» böyiça tantanali mukofotlaş marosimi bölib ötdi. Bu tadbirdan közda tutilgan maqsadlardan biri marketologlar işlarining eng yaxşisini belgilaş va  mamlakatimizning muvaffaqiyatli brendlarini aniqlaşdan iborat böldi. Brendlarni 114 nafar kişidan iborat ekspertlar guruhi farmatsevtika, şarbat va nektarlar, telekommunikatsiya, kolbasa işlab çiqariş kabi biznes yönalişlari böyiça baholadi. 

Biz “ROZMETOV ZM” MÇJ kolbasa zavodining ijroçi direktori Rozmetov Zafardan intervyu olişga muvaffaq böldik, uning kompaniyasi kolbasa işlab çiqarişi yönalişidagi «Eng yaxşi savdo markasi 2017» va «Eng yaxşi marketing ilgari surişi 2017» nominatsiyalarida ğolib deb topildi:

-Assalomu alaykum Zafar, Sizni yangi ğalabalar bilan tabriklaymiz!

- Taşakkur, bu biz va jamoamiz uçun juda katta hurmatdir!

Foto: ROZMETOV

-Siz şunday yuqori bahoni kutganmidingiz, axir Siz birdaniga ikkita mukofotga sazovor böldingiz?

- Marketing va reklama sohasidagi ekspertlar tomonidan berilgan baho biz uçun ğoyat muhim, 2017 yil yakunlari böyiça bizni topib, taqdirlaşgani juda yoqimli, biroq eng aziz va yuqori baho bu bizning iste'molçilarimiz tomonidan beriladigan baho hisoblanadi, ular kundan kunga bizning brendimizni köproq ma'qul körişmoqda. 

-Iste'molçiga ötadigan bölsak, Siz qanday qilib xalqning muhabbatiga erişgansiz va uni uşlab turibsiz?

- Retsepti judayam oddiy, biz mahsulot işlab çiqarişiga xuddi özimiz iste'mol qiliş uçun işlab çiqargandek munosabatda bölamiz. Eng yaxşi, eng yangi va tekşirilgan masalliqlardan foydalanamiz. Axir bizning şiorimiz: oilamizdan oilangizga.

Foto: ROZMETOV

Şuningdek, biz bir joyda turmaymiz va doimo assortimentni kengaytirib boramiz, masalan, 2017 yilda 5 ta yangi delikateslarni işlab çiqarişni yölga qöydik, Siz ularni nonuştaga ham,  mehmonlarni kutib olişda ham işlatişingiz mumkin. Bular “Myasnoy rulet”, “Zolotoy slitok” kurka göşti, “Myasnoy sunduk”, presslangan göşt va “Zolotoy rulet”.