Ötgan mavsum davomidagi körsatkiçlarga qarab, dunyoning eng boy sportçilari reytingi e'lon qilindi. Bu Brand Finance naşri xabar tarqatdi.
Unga köra, ayni vaqtda dunyoning eng köp pul topadigan sportçisi «Real» Madrid hujumçisi Kriştianu Ronaldu bölib turibdi. Uning yillik daromadi ayrim manbalarga köra, 93 million yevroni taşkil qiladi. Ikkinçi örinda basketbolçi LeBron Jyeyms bormoqda. Uning yillik daromadi 86,2 million yevroni taşkil qilişi aytiladi.
Kuçli uçlikni «Barselona» hujumçisi Lionel Messi yakunlab beradi. Uning daromadi 80 million yevroni taşkil qilgan. Ammo Messining yangi bitimi keç kuçga kirgani sababli bu yerda «Barselona»da oladigan eski maoşi hisobga olingan, yangi mavsumda u bu borada yetakçiga aylanib olişi ham mumkin.
Kuçli beşlikda şuningdek tennisçi Rojyer Federer (64 mln yevro) va basketbolçi Kevin Dyurant (60,6 mln) bormoqda.









