Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 maydagi qarori bilan Majburiy jamoat işlari tariqasidagi jazoning ijrosini taşkil etiş tartibi haqidagi nizom hamda Majburiy jamoat işlari turlarining röyxatini tasdiqlaş töğrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanali xabar bergan.
 
Nizomga köra, majburiy jamoat işlari deganda mahkumni haq tölanmaydigan foydali jamoat işlarini bajarişga majburiy tarzda jalb qiliş tuşuniladi.

Mahkum sudning hukmi, ajrimi yoki qarori tegişli inspeksiyaga kelib tuşgan kundan e'tiboran ön kundan keçiktirmay jazoni ötaşga jalb qilinadi.

Mahkumni majburiy jamoat işlariga jalb qilişda sodir etilgan jinoyat turi, mahkumning kasbiy könikmalari, asosiy iş va (yoki) öqiş jadvali (agar mavjud bölsa), mahkumning yoşi, soğliğining holati, iş joyining transport uçun yaqinligi inobatga olinadi.

Nizomda mahkumning majburiy jamoat işlaridan böyin tovlaşi deb hisoblanadigan holatlar, mahkumga nisbatan qidiruv e'lon qiliş tartibi, uşbu turdagi jazoni ötaşdan böyin tovlangan taqdirda uni boşqa jazo turi bilan almaştiriş tartibi, şuningdek jazoni ötaşdan ozod etiladigan holatlar batafsil belgilab berildi.

Majburiy jamoat işlari bir yuz yigirma soatdan tört yuz sakson soatgaça bölgan muddatga tayinlanadi. Nizomga köra, uşbu jazo turi kuniga tört soatdan oşmagan, biroq haftasiga ön ikki soatdan kam bölmagan holda, voyaga yetmaganlar tomonidan esa, uç soatdan, biroq haftasiga uç kundan oşmagan holda ötaladi. Istisno holatlarda muddatlar özgartirilişi mumkin.

Majburiy jamoat işlarining ötalişi mehnat qonunçiligi böyiça tartibga solinmaydi, mahkum bilan mehnat şartnomasi tuzilmaydi va u jazoni ötaydigan taşkilotning işçisi hisoblanmaydi. Jazoni ötaş vaqti mehnat stajiga qöşilmaydi.

Nizomda içki işlar organlari jazolarni ijro etiş inspeksiyasining, jazoni ötaş joyidagi taşkilot (organ)ning va mahkumning, şuningdek mahalliy hokimiyat organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Unga köra, inspeksiya mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan kelişilgan holda mahkumga majburiy jamoat işlarining kamroq miqdorini işlab berişga, davolanişi va yaqin qarindoşi vafot etganligi munosabati bilan Özbekiston hududidan çetga çiqişga ruxsat berişi mumkin. 

Inspektsiya mahkumlarning hisobini yuritişi, ularga jazoni ötaş tartibi va şartlarini tuşuntirişi, jazoning ijro etilişini nazorat qilişi, mahkumlar işlagan vaqt hisobini yuritişi, mahkum jazodan ozod qilingani yoki jazoni ötab bölgani haqida ma'lumotnoma taqdim etişi va boşqa vazifalarni bajarişi lozim.