«Toşkent gerbi» yodgorligi şu yilning 4 may kuni öz joyidan köçirilgandan söng, saqlaşga topşirilgan. Bu haqda Toşkent şahri Mirobod tumani hokimi Şuhrat Pölatov matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«Yodgorlik örnida favvora işga tuşişi rejalaştirilgan», deydi u.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Toşkent markaziy temiryöl vokzaliga yaqin maydonga atoqli qoraqalpoq adibi Berdaq haykali olib kelinişi munosabati bilan, xalq orasida «kopeyka»​ nomi bilan maşhur bölgan yodgorlik joyidan köçirilgan.

«Tanga»ning qayerga örnatilişi böyiça aniq qaror yöq, u hozirça saqlaşga topşirildi. Bitta hududda ikki xil yodgorlikning joylaşişi umumiy körinişga ta'sir qiladi. Şuning uçun biz «kopeyka»​ni köçirişga qaror qildik»​, deydi hokim.

Ma'lumot uçun, 1996 yilga qadar uşbu maydonda haykaltaroş Dmitriy Ryabiçev ijodiga mansub «14 nafar turkistonlik komissar» ekspozitsiya mavjud edi.