Naked Science naşri South China Morning Post maʼlumotlariga tayanib yozişiça, yölovçilar oqimining keskin oşişi Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topgan kun munosabati bilan bayram safarlariga talab ortgani bilan boğliq.
Mamlakatning eng yirik temiryöl tugunlaridan biri hisoblangan Guançjou janubiy vokzali bir sutkada 1252 ta poyezdga xizmat körsatgan. Bu 24 soat hisobida örtaça har soatiga 52 tadan ortiq poyezd degani.
Eng tiğiz paytlarda poyezdlarni jönatiş oraliği 40 soniyagaça qisqargan. Mazkur körsatkiç vokzal miqyosidagi qatnovlarga taalluqli.
Şu kuni Xitoy temiryöl tarmoği böyiça ham rekord natija qayd etilgan - bir sutkada 25,2 million yölovçi qatnovi amalga oşirilgan.
China State Railway Group davlat temiryöl korporatsiyasi sentabr oxiridan oktabr boşigaça bölgan davrda jami 284 million yölovçi qatnovini kutgan. Bu körsatkiç alohida şaxslar sonini emas, amalga oşiriladigan safarlar sonini anglatadi.












