Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan sud-huquq tizimini yanada takomillaştirişga oid bir qator islohotlar amalga oşirilmoqda.

2017 yil 13 iyun sanasida Prezident Şavkat Mirziyoyev sudyalar bilan ötkazgan uçraşuvida kundalik faoliyatda xalq bilan bevosita muloqot şakllarini kengaytiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar bergan edi.

  Vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida 2018 yil 11 may kuni Farğona viloyati Farğona tumanida jinoyat işlari böyiça viloyat sudining raisi Murodjon Mirzajonov va Farğona viloyat ma'muriy sudining raisi Abdurasul Eranovlar iştirokida xalq bilan oçiq muloqot ötkazildi.


  Muloqotda Farğona tumanida yaşovçi fuqarolar, mahalla, nuroniy jamğarmasi, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoni ötayotgan şaxslar, keng jamoatçilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

  Muloqot davomida ayollar örtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib çiqiş sabablari, ma'muriy huquqbuzarliklar uçun javobgarlik va ma'muriy sudlarda jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlarini himoya qiliş masalalari yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.


  Sayyor uçraşuvda viloyat sudi raislari fuqarolar tomonidan berilgan savollarga tuşuntirişlar berib, sud faoliyati bilan boğliq mavjud muammolarni hal qiliş çoralari körilişi bildirişdi.

  Xalq bilan oçiq muloqotlar ötkaziş, xalqning dardu taşvişlarini eşitiş sudyalar faoliyatining asosini taşkil etişi lozimligi ta'kidlandi.