Şörçi dehqon bozori. Odamlar köz öngida qotillik yuz berdi: yonma-yon joylaşgan oşxona egalarining janjali ölim bilan tugadi. Ikki erkak yoqalaşarkan, birining jiyani kabob sixini olib çiqib, toğasi bilan muştlaşayotganning orqa kuragiga sançdi va uni öldirdi. Sud toğani 15,5, jiyanni 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Apellyatsiya sudi dastlabki sud tasdiqlagan qasddan odam öldiriş jinoyatini bezorilik va qasddan badanga oğir şikast yetkazişga özgartirib, jazoni yengillaştirdi. Marhumning yaqinlari buni adolatsizlik deb hisoblamoqda.
“Hayotdan mahrum qiliş qasdi bilan harakat qilmagan va ölim yuz berişini istamagan”. Surxondaryoda apellyatsiya sudi ayni şu jumla bilan qasddan odam öldiriş jinoyatini qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatiga özgartirdi va tayinlangan jazoni yengillaştirdi. Holbuki, “ölim yuz berişini istamagan” sudlanuvçi oşxonadan kabob sixini olib çiqqan va toğasi bilan urişayotgan erkakning ortidan borib, uning kökrak qafasiga (!) sançgan.
Jinoyat tafsiloti
Jinoyat 2025 yil 16 iyul kuni Surxondaryo viloyati Şörçi tumanidagi dehqon bozorida sodir etilgan. 1990 yilda tuğilgan Uluğbek Böriyev öziga qöşni oşxona egasi – 1987 yilda tuğilgan Elbek Eşmatov bilan janjallaşgan. Oşxona egalari bir-biri bilan muştlaşib, yoqalaşayotganda har ikki tomonning yaqinlari, ötib-qaytuvçilar ularni ajratib qöyişga urinişgan. Şunda Uluğbek Böriyevning oşxonasida işlovçi 16 yoşli jiyani Ozodbek Boltayev kabob sixini olib çiqib, toğasi bilan urişayotgan Elbek Eşmatovning orqasidan kökrak qafasiga sançgan.
Elbek Eşmatov zarbadan özini yöqotib, ötirib qolgan. Söngra uni şifoxonaga olib ketişgan. Biroq erkak öziga yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, Ozodbek Boltayev sançgan kabob sixi Elbek Eşmatovning qovurğalari orasidan kirib, çap öpkasini töliq teşib ötgan.
Holat yuzasidan toğa va jiyanga Jinoyat kodeksining 97-moddasi “j, l, p” bandlari – öta şafqatsizlik asosida, bezorilik oqibatida bir guruh şaxslar yoki uyuşgan guruh a’zosi tomonidan yoxud öşa guruh manfaatlarini közlagan holda qasddan odam öldiriş bilan jinoyat işi qözğatilgan. 2025 yil 17 iyul kuni Ozodbek Boltayevga hamda 18 iyul kuni Uluğbek Böriyevga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Dastlabki sud hukmi
Toğa-jiyanning qilmişi jinoyat işlari böyiça Şörçi tuman sudida sudya Tölqin Abdiraimov raisligida körib çiqilib, 2025 yil 10 dekabr kuni hukm öqilgan.
Mavzuga oid
Sud hujjatida keltirilişiça, Uluğbek Böriyev aybiga iqrorlik bildirmagan. U marhum Elbek Eşmatov bilan taxminan 2024 yil oktyabr oyidan boşlab nizo kelib çiqqanini, uşbu nizoga mijoz talaşiş sabab bölganini aytgan.
Sudlanuvçiga köra, 16 iyul kunidagi janjal suv ustida kelib çiqqan: işçilari va jiyani Ozodbek taşib kelgan suvni Elbek Eşmatov öz baçogidan olganini gapirgan. Söngra Ozodbek Boltayev toğasiga qönğiroq qilib, Elbek Eşmatov onasidan haqorat qilgan holda uni quvlaganini aytgan.
Öşa kungi janjalning boşlaniş nuqtasi şu bölgan. Ikki erkak bir-biri bilan muştlaşa ketgan.
“Elbek Eşmatov bir-ikki daqiqa ötgaç meva sotuvçining savdo rastasi oldiga borib, ötirib qoldi. Men Elbek Eşmatov bahona qilyapti, deb öyladim. Şu payt IIB xodimlari kelib, hammani tinçlantirdi va meni özlari bilan profilaktika inspektori xonasiga olib ketdi. Şundan keyin nima voqea bölganini bilmayman.
...Jiyanim Ozodbek nima qilganini, qaçon sixni olib Elbek Eşmatovning orqasidan urganini körmadim, özimning janjalim bilan bölib unga ahamiyat bermagandim. Agar bu holatni körganimda darhol janjalni töxtatib, Elbek Eşmatovni tezda şifoxonaga yetkazib olib borgan bölardim”, degan Uluğbek Böriyev öz körsatmasida.
Sudda pedagog iştirokida söralgan Ozodbek Boltayev öz aybiga qisman iqrorlik bildirgan. U öz körsatmasida agar Elbek Eşmatovning old tomonidan borganida unga kuçi yetmagan bölişini, şu sababli orqasidan borib sixni sançganini aytgan.
“Toğam Uluğbek va Elbek Eşmatov bir-birlari bilan urişmaganida men Elbek Eşmatovga tan jarohati yetkaza olmagan bölardim. Sababi, Elbek aka juda gavdali va baquvvat edi”, degan Ozodbek Boltayev.
U qilmişidan puşaymonligini bildirgan.
Sud hukmi bilan toğa va jiyan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “l, p” bandlari, ya’ni bezorilik oqibatida bir guruh şaxslar tomonidan qasddan odam öldiriş jinoyatini sodir etişda aybli deb topilgan. Uluğbek Böriyevga 15 yil 6 oy, Ozodbek Boltayevga 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Apellyatsiyada hukm özgardi
Jinoyat işi Surxondaryo viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida sudya M.Malikov raisligida hay’at sudyalari O.Jumanov va K.Nazarov iştirokida körib çiqilgan.
2026 yil 27 yanvardagi ajrim bilan dastlabki sud hukmi özgartirilgan. Unga köra, Ozodbek Boltayevning harakatlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, ya’ni qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jabrlanuvçining ölimiga sabab bölişi, Uluğbek Böriyevniki esa Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi – jamoat tartibini saqlaş vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatçilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini oliş çorasini körgan boşqa fuqarolarga qarşilik körsatib bezorilik sodir etiş bilan qayta malakalangan.
Şu tariqa bir odamni kabob sixi sançib öldirgan jiyanning ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo muddati 9,5 yildan 7 yilga, toğaniki esa 15,5 yildan 5 yilga tuşirilgan.
Qotillik qanday qilib bezorilik hamda qasddan badanga oğir şikast yetkazişga özgarib qoldi?
Apellyatsiya sudi ajrimida keltirilişiça, Uluğbek Böriyev jiyani Ozodbek marhum Elbek Eşmatovga six bilan tan jarohati yetkazgani holatini körmagan va unga yordamlaşmagan. Bunga dalil sifatida janjal aks etgan videolavhadagi holatlar keltirilgan. Ya’ni jiyani sixni Elbek Eşmatovga sançgan vaqtida Uluğbek Böriyev “marhumning qarşiligini bartaraf etiş uçun biror bir harakatni sodir etmagan, uni özini-özi himoya qiliş imkoniyatidan mahrum qilmagan”, deb xulosa qilingan.
Apellyatsiya sudi “Sudlanuvçi Uluğbek Böriyev voyaga yetmagan sudlanuvçi Ozodbek Boltayev bilan jinoiy til biriktirib, bezorilik zamirida Elbek Eşmatovni qasddan öldiriş jinoyatini sodir etganini tasdiqlovçi obektiv dalillar mavjud emas”, degan töxtamga kelgan. Ajrimda keltirilişiça, Uluğbek Böriyevning harakatlarini bir guruh şaxslar bölib, qasddan odam öldiriş sifatida kvalifikatsiya qiliş uçun u marhumning qarşiligini bartaraf etib turişi hamda Ozodbek Boltayev bundan foydalangan holda Elbek Eşmatovga halok etuvçi şikast yetkazgan bölişi lozim.
Şuningdek, apellyatsiya sudi “Ozodbek Boltayev Elbek Eşmatovni “qasddan öldiriş uçun real imkoniyati bölgan, biroq uni hayotdan mahrum etiş qasdi bilan harakat qilmagan va ölim yuz berişini istamagan”, degan töxtamga kelgan. Bunga dalil sifatida holat yozib olingan videoda Ozodbek Boltayev sixni marhumga sançib olgaç, oşxona oldiga kelib, janjalni kuzatib turgani keltirilgan.
Apellyatsiya sudi dastlabki sud hukmini özgartirişda keltirgan eng muhim asoslar şulardan iborat.
“Bu adolatdan emas”
Marhum Elbek Eşmatovning yaqinlari apellyatsiya sudining ajrimini adolatli emas, deb hisoblamoqda. Şu sababli taftiş şikoyati kiritilgan.
Şikoyatga köra, Ozodbek Boltayev kabob sixi bilan kutilmagan vaqtda va Elbek Eşmatovning orqa tomonidan yugurib borgan holatda kökrak qafasiga zarba berişi uni hayotdan mahrum etiş qasdi bilan harakat qilganini, qilmişining ijtimoiy xavfli oqibatlariga közi yetganini, ölim yuz berişini istaganini tasdiqlab turibdi. “Agarda Ozodbek Elbek Eşmatovni qasddan öldirib, uni hayotdan mahrum etiş qasdi bilan harakat qilmaganida va uning ölimi yuz berişini istamaganida uzunligi 52 sm bölgan kabob sixini qöliga olmagan va u bilan tan jarohati yetkazmagan bölar edi”, deyiladi şikoyatda.
Bundan taşqari, zarba marhumning aynan hayoti uçun muhim bölgan kökrak qafasiga berilganiga e’tibor qaratilgan. Bu orqali Ozodbek Boltayev Elbek Eşmatovning ölimi yuz berişini istamaganida hayoti uçun muhim bölmagan tana a’zolariga, masalan, oyoq sohasiga tan jarohati yetkazgan bölardi, degan fikr urğulangan.
Şikoyatda apellyatsiya sudining Ozodbek Boltayev sixni marhumga sançib olgaç, voqea joyidan ketib qolgani, unda Elbek Eşmatovni “qasddan öldiriş uçun real imkoniyati bölgani” haqidagi asosiga qarşi “zarba hayoti uçun muhim bölgan a’zoga berilgani, ikkinçi va uçinçi jarohatlarni yetkazişga zarurat bölmagani” haqida asos keltirilgan.
Taftiş şikoyatida apellyatsiya sudining Uluğbek Böriyev jiyani sixni sançganini körmagani hamda Elbek Eşmatovning qarşiligini bartaraf etiş uçun biror bir harakatni sodir etmagani haqidagi asoslarga ham e’tirozlar mavjud.
“Jinoyatda ikki yoki undan ortiq şaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etişda qatnaşişi oddiy iştirokçilik deb topiladi. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandida bir guruh şaxslar tomonidan qasddan odam öldiriş uçun javobgarlik belgilangan. Ya’ni “bir guruh şaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib” deb emas, “bir guruh şaxslar tomonidan” deb körsatilgan. Bundan körinadiki, iştirokçilik şakliga köra ikki yoki undan ortiq şaxsning oldindan til biriktirmasdan, oddiy iştirokçilik şaklida qasddan odam öldirişi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan malakalanadi. Ozodbek Boltayev jabrlanuvçi Elbek Eşmatovga six bilan tan jarohati yetkazgan holatini sudlanuvçi Uluğbek Böriyev körmagani ular örtasida oddiy iştirokçilik yöq, degan xulosaga kelişga asos bölmaydi”, deya keltirilgan şikoyatda.
Ozodbek Boltayevning özi ham suddagi körsatmasida toğasi va Elbek Eşmatov bir-birlari bilan urişmaganida Elbek Eşmatovga tan jarohati yetkaza olmagan bölişi haqida gapirgan.
Marhumning bevasi holat sodir bölgandayoq ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida qotillar oldindan tahdid qilib kelişgani, lekin tegişli organlarga qilingan murojaat befoyda bölganini aytib bergandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi