AQŞning Rogers-O'Brien quriliş kompaniyasi öz faoliyatida iPad planşetlarini joriy qilgandan keyin yiliga deyarli 2 mln dollar va xodimlarining 55 ming işçi soatini tejay olganini ma'lum qildi. Kompaniyaning texnik direktori Todd Vaynning aytişiça, planşetlar quriliş sohasidagi asosiy muammo – qoğozdagi çizmalarni qöllaş muammosini hal qildi. 

Vaynning aytişiça, quriliş vaqtida qoğozga tuşirilgan çizmalarning bir neçta nusxasi böladi: muhandislar va arxitektorlar unga doimiy ravişda nimalardir kiritib boradilar. Quruvçilar esa tuzatişlar kiritilgan çizmalar asosida işlaşlariga töğri keladi. Agar bu yuz bersa, ularni işni yangidan boşlaşlariga töğri keladi.

Bu muammoni hal qiliş uçun kompaniyaning barça xodimlari aypadlar bilan ta'minlangan, tarxlar va çizmalar esa bulutli saqlagiçga yuklangan.

“Endi quriliş tarxlari saqlagiçda bölib, istalgan xodimda bitta çizma böladi. Agar arxitektor yoki muhandis çizmaga özgartiriş kiritişni istasa, unda bu özgartirişlar aypadda darhol aks etadi. Biz buni “Yagona haqiqat” deb ataymiz. Çunki hamma bir çizma bilan işlaydi”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.

Vaynning ta'kidlaşiça, bunday iş rejimiga ötilgandan keyin, kompaniya har bir loyihada uning qiymatidan 7 foiz miqdorda mablağ tejay boşladi. Çizmalarning qoğozdan iPad’ga ötkazilişi nafaqat qoğozga ketadigan xarajatlardan qutulişga, balki kompaniyaning köp vaqtini tejaşga yordam berdi. Odatda xodimlar qoğozlar köpligi sababli ularning barçasini özlari bilan olib yura olmaganlar va kerakli qoğoz uçun doimo ofisga qaytişga töğri kelgan, biroq endi bunga ehtiyoj yöq.

“Men Apple’ning mahalliy dökonidan 10 tadan 50 tagaça aypaydni biror-bir çegirmasiz sotib olardim”, deb eslaydi Vayn.

Vaynning ta'kidlaşiça, Windows’da işlovçi planşetlar sotuvda bölganda ham ularni sotib olmagan bölardi, çunki iPad ulardan ança ustunroqdir.

Vaynning aytişiça, iPad bir quvvatlanişda 2 kun işlaşi mumkin, Windows planşetlari esa bor-yöği 8-10 soat işlaydi. Bundan taşqari, uyali aloqaga ega iPad 300 dollar turadi. Taç-skrin va LTE’ga ega kompyuter esa 1,5 ming dollarga tuşadi (gap, ehtimol Microsoft Surface Pro haqida ketgan).