Milan sudi Italiya sobiq boş vaziri Silvio Berluskonini öziga tegişli Mediaset televizion kompaniyasida moliyaviy nayranglarni amalga oşirganlik işi böyiça oqladi. Bu haqda Corriere Della Sera xabar bermoqda.
Hukm 2013 yilning 1 avgust kuni Italiya Kassatsion sudi tomonidan çiqarilgan. Öşanda Berluskoni tört yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi, ulardan uç yili amnistiya böyiça bekor qilindi, Berluskoni yana bir yilni axloq tuzatiş işlarida ötkazdi. Naşrning ta'kidlaşiça, sobiq boş vazir oqlangani tufayli yana turli darajalardagi saylovlarga öz nomzodini qöyişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Italiya sudi 90-yillarda davlat va mafiya örtasida kelişuv bölganini isbotlagandi.












