Avtomatik meteorologik stansiya Kempbell oroli yaqinida balandligi 23,8 metrlik tölqinni qayd qildi. Bu oçiq okeanda, Janubiy yarimşarda qayd qilingan eng katta tölqin böldi. 

Tölqin Yangi Zelandiyadan 700 km janubda kuçli böron vaqtida yuzaga kelgan. Bu tölqin Janubiy yarimşarda 2012 yilda kuzatilgan 22,03 metrlik tölqinning rekordini yangiladi. Olimlarning aytişiça, böron bundan ham balandroq tölqinlarni hosil qilgan bölişi mumkin, biroq buy ularni qayd qilmagan.  

Tarixdagi eng katta tölqin 1958 yilda Lituyya körfazidagi (Alyaska) zilzila oqibatida yuzaga kelgan. Öşanda suv sathi tor buxtaga katta hajmdagi jinslarning tuşişi oqibatida 500 metrdan balandroqqa kötarilgan.