Bugun «13 may»ga 13 yil töldi. Söz bilan ifodalaş qiyin (ifoda ham etilmagan) Andijon voqealarining qonli tarixiga murojaat qilişda har doim voqealar tuşunarsiz bir tizmadan boşlanadi. «Akromiylar» oqimiga a'zo sifatida körilgan jinoyatçilar qurolli yöl bilan davlat idora va taşkilotlariga, xususan hamtovoqlari saqlanayotgan Andijon şahridagi qamoqxonaga hujum qilgan».

Bu voqealar ortida aslida kimlar turgan? Nega tadbirkorlik qilib yurgan şaxslar hokimiyatni qurol bilan töntarişga kirişgandi? Ğarbning voqea yuzasidan iddaolari-çi?

Bu voqea öşa yilning sentabr oyida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov suriştiruv natijalaridan keyingi hisobotda «Özbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ağdariş va islomiy davlat barpo etişga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga töliq mos keluvçi puxta öylangan va rejalaştirilgan harakat» deya baholangandi.

Men 13 yil avval şu voqealarga şaxsan guvoh bölgan, jarayonning rivojlaniş nuqtasida yuz bergan holatning tafsilotlari bilan taniş şaxs bilan suhbatlaşdim. Suhbatdoşning iltimosiga köra, uning ism-şarifi oşkor etilmaydi.

«Hammasi asosiy voqealar yuz berişidan 3 kun avval, 2005 yil 10 may kuni yuz berdi. Taxminan soat körsatkiçi 20larga yaqinlaşgandi. Asakalik MXX xodimi va Andijon tumani IIB xodimlariga Oqyor qişloği M.Soliyev MFYda joylaşgan Mustaqillik köçasida istiqomat qilayotgan Murodilla Yusupov xonadonida bir guruh begona kişilar yaşirinça yaşab kelayotgani haqida xabar kelib tuşdi.

Heç narsadan xabarsiz huquq-tartibot organlari xodimlari katta tezkor vakil Odil Yöldoşev, profilaktika-inspektor noziri Alişer Pozilov, Voyaga yetmagan şaxslar bilan işlaş böyiça inspektor Azim Qodirov va MXX xodimi bölgan şaxs Murodilla Yusupovning uyiga bu yerda yaşayotgan kişilar kimligini aniqlaş uçun yetib borişdi», deydi suhbatdoşim.

Uning ta'kidlaşiça, uydagi şaroit özgaça bölgan: Bu yerdagi 19 nafar şaxsning barçasi erkak kişilar, ularning ayrimlari Andijon tumanida doimiy röyxatga qöyilmagan, asli qöqonlik va Andijon viloyatining boşqa tumanlarida yaşovçilar bölgan.

«Uydagilar bilan suhbatlaşib, pasporti bölmaganlar şaxsni aniqlaş uçun mahkamaga olib ketilişi kerakligi bildirildi. 13 nafar xodim 19 kişidan iborat guruh oldida ojizlikni his etib, yordamçi kuç çaqirgandi. Biroq, yordamçi kuç Soliyev mahallasiga yetib kelmasdan, köçadan 20ga yaqin kişi uyga bostirib kira boşladi. Uy içida bölgan xodimlardan 5 nafari eşikdan çiqib ketolmadi, qolganlar voqea joyidan ketişga muvaffaq bölgan.