Xalqaro press-klub boş prodyuseri Ğulomjon Samadov 19 dekabr kuni saylovlarni yoritiş böyiça Xalqaro matbuot markazida bölib ötgan tadbirda 1999 yilning 16 fevrali, 2004 yili Çorsu bozorida röy bergan hodisalar, 2005 yilgi Andijon voqealarini yodga oldi va öşa paytdagi vaziyatni bugungi kun bilan soliştirdi.

«Jurnalist sifatida biz 1999 yil [16 fevral] voqealari, 2004 yildagi voqealar, 2005 yilgi Andijon voqealarini yoritganmiz. Ba'zida jim yoritganmiz, ba'zida yelka qisib qöyganmiz xolos. Çunki Özbekistonda bölayotgan voqea toki birinçi rahbarning fikri, kayfiyatiga va ayrim huquqni muhofaza qiluvçi organlarning xulosasiga qaramasdan turib ommaviy axborot vositalarida berilmasdi. Berilsayam bir satr, bir jumla berilardi.

Kimning esida bor, 2000-yillarning örtalarida Termiz – Toşkent yönalişidagi samolyot halokatga uçragan, şu haqdayam bir sutkadan keyin qisqagina ma'lumot berilgan», degan Ğulom Samadovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Xalqaro press-klub boş prodyuserining ta'kidlaşiça, jurnalistlarning jamiyatga qançalik kerakligi Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan fojiadan söng ham bilingan. Uning aytişiça, hodisa OAV tomonidan juda faol yoritilgan. 

«Öşa soniyaning özida saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda voqeaning tafsilotlari tarqaldi. «UzReport» telekanali voqea joyidan turib birinçi marta reportaj qildi. Jurnalistlarning u hududga kiritiliş-kiritilmasligini boşqa masala. Buning özining obektiv-sub'yektiv sabablari bor. Butun dunyoda şunday, fojia joyiga jurnalistlar sutkalab kiritilmaydi. Lekin hukumat komissiyasi tezkorlik bilan tuzildi, OAVda har soatda bölayotgan işlar haqida xabardor qilib borildi. Buyam juda katta yutuq», deb aytgan Ğulom Samadov.

Eslatib ötamiz, mazkur tadbirda ÖzLiDeP vakili Nuriddin Murodov Yunusobodda sodir bölgan hodisani örganiş uçun tuzilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bölişi, fojia yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr söraşi kerakligini ta'kidlagan edi.