«13 may» voqealariga 14 yil töldi. Söz bilan ifodalaş qiyin bölgan (ifoda ham etilmagan) xunrezlik ortidan (rasman) 187 nafar kişi halok bölgan, ular orasida norasida gödaklar va ayollar bor edi. Bu voqealardan keyin 500dan ortiq andijonlik muhojirlikda yaşaşga mahkum böldi va ularning aksari vatanga qayta olmadi.
2005 yilning aprel oyi davomida Jinoyat işlari böyiça Andijon viloyati sud binosi qarşisida tizilib turgan olomon nimadandir hadikda edi. Har kuni işga qatnaganday, köçada turnaqator tizilib turgan ayol, erkak va ösmirlar bino içida sud qilinayotgan 23 nafar yaqinlarining taqdiridan xavotirda edi.
«Akromiylar» oqimiga a'zo sifatida körilgan jinoyatçilar ustidan sud qarori çiqişi arafasida uşbu masala xalqaro hamjamiyat e'tiborini ham tortdi. Xorijiy naşrlar muxbirlari, xalqaro taşkilotlar vakillari Andijonga serqatnov bölib qolgandi. Kutilmaganda sudlanuvçilar bilan aloqador bölgan bir guruh şaxslar harbiy qismga hujum qilib, qurollanişdi. Ular şahar qamoqxonasini işğol etib, u yerda saqlanayotgan mahbuslar, xususan şeriklarini ham ozod etişdi.
13 may kuni tongda isyonçilar birin-ketin mahalliy ma'muriy idoralar, jumladan viloyat hokimligi binosini egallab, asosiy maydonga odam yiğa boşlaşadi. Tuşdan söng maydonda qurollangan isyonçilar va harbiylar örtasida otişma yuzaga keladi. Uşbu qonli töqnaşuvdan köp vaqt ötmasdan 540 nafarga yaqin kişi qöşni Qirğizistonga, u yerdan Ruminiyaga jönab ketişadi. Dunyoning turli davlatlari ularni muhojirlar sifatida qabul qilib, boşpana beradi.
Bu voqea öşa yilning sentabr oyida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov suriştiruv natijalaridan keyingi hisobotda «Özbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ağdariş va islomiy davlat barpo etişga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga töliq mos keluvçi puxta öylangan va rejalaştirilgan harakat» deya baholangandi.
Hozir aytiş mumkinki, «13 may» voqealarining juda köp tuşunarsiz nuqtalari mavjud: isyonga tayyorgarlik Andijon şahrining özida boşlangan bölib, 10 may kuni huquq-tartibot organlari va pistirmada turgan guruh örtasida töqnaşuv sodir böladi. Viloyat rahbarlari töqnaşuvdan xabar topsa-da, jarohatlangan içki işlar xodimining sözlariga parvo qilmay, vaqtni ötkazib yuboradi. Şuningdek, isyonçilar rahnamolaridan biri Bahrom Şokirov 12 may kuni keçasi Qirğizistonga ketib qolgan. Göyo, har ikki taraf ham katta töqnaşuvni kutganday tasavvur paydo böladi.
Rasmiy hisobotlarda yozilişiça, «terrorçilik harakati natijasida 187 kişi halok bölgan, şulardan 60 nafari tinç aholi vakillari, ularning içida ikki nafar voyaga yetmagan bola va bir ayol bor edi. Terrorçilar huquqni muhofaza qiluvçi organlarning 31 nafar vakilini öldirişgan. 287 kişi, jumladan, 91 nafar tinç aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olişgan.







