«Barselona» Ispaniya Primerasidagi özining mağlubiyatsiz rekord seriyasini uzaytira olmadi. Jamoa 37-tur doirasida «Levante»ga mehmonda 4:5 hisobida yutqazib qöydi.
Kataloniya klubi uçun bu mağlubiyat joriy mavsumdagi Ispaniya birinçiligida birinçisiga aylandi. Bundan avval Ernesto Valverde jamoasi 27 ğalaba va 9 durangni qayd etgandi. Şuningdek, «Barsa» 2016/2017-yilgi mavsumda sönggi yettita öyinda mağlubiyatga uçramagan.
Kök-anorranglilar joriy mavsumning sönggi turida öz maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi. 20 mayga rejalaştirilgan bahs Toşkent vaqti bilan soat 23:45da boşlanadi.












