2014 yilda Malaysia Airlines aviakompaniyasi MH370 reysidagi Boeing 777-200 samolyotining izsiz ğoyib bölişi atayin qilingan bölişi mumkin. Bu haqda 9News xabar bermoqda.

Uçuvçi va yöriqçi Saymon Xardining taxminiça, ekipaj qömondoni Zaxariyo Ahmad Şox samolyotning izsiz ğoyib bölişini rejalaştirgan bölişi mumkin. Xardining sözlariga köra, uçuvçi atayin aloqaga çiqmagan, şuningdek, dispetçerlarni çalğitiş uçun Malayziya va Tailand çegarasida parvoz qilgan.

Ta'kidlanişiça, halokatdan avval uçuvçi samolyotni öz ona şahri uzra olib ötgan. Ekspertlar samolyot dengizga uçuvçi tomonidan yönaltirilgani, yoki Şox uni yoqilği tugagunga qadar boşqargani böyiça bir fikrga kela olişmadi.