AQSh G‘azo sektorida odamlar halok bo‘lishi uchun javobgarlikni XAMAS zimmasiga yukladi

Foto: Marcus Yam / Los Angeles Times
AQSh G‘azo sektori chegarasidagi to‘qnashuvlarda ko‘plab odamlarning halok bo‘lgani uchun javobgarlikni XAMAS harakati zimmasiga yukladi. Oq uyning ta'kidlashicha, XAMAS Isroil davlatini javob harakatlar sodir etishga majbur qilmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Raj Shax jurnalistlar bilan brifingda aytib o‘tdi.
“Biz G‘azoda zo‘ravonlik davom etayotganidan xabardormiz. Bu fojiali o‘limlar uchun javobgarlik to‘liq XAMAS zimmasidadir. XAMAS ataylab va orsizlarcha Isroilni javob harakatlari sodir etishga undamoqda. Isroil o‘zini himoya qilishga haqli”, deb aytgan Shax.
Shaxning aytishicha, XAMAS “yuzaga kelgan vaziyatdan orsizlarcha foydalanmoqda”, AQSh esa XAMAS to‘xtashini istamoqda.
AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi sababli G‘azoda martdan beri davom etib kelayotgan noroziliklar yangi kuch bilan avj oldi. Isroillik askarlar namoyishchilarga qarshi jangovar o‘qlar qo‘llagan. Ma'lum qilinishicha, buning oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan, 2,4 mingdan ko‘proq odam yaralangan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
Jahon | 21:59
-
Amazoniya hindular qabilasi tuhmat uchun The New York Times gazetasini sudga berdi
Jahon | 21:57
-
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi
Jahon | 21:45
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston | 21:27
Mavzuga oid

21:45
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23