2018/19 öquv yilidan boşlab Özbekistondagi barça umumta'lim maktablarida avtonom «axborot qutisi» paydo böladi. Soddaroq qilib aytganda, maktablar uçun foydali resurslarga ega bölgan lokal internet şakllantiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Innovatsion rivojlaniş vazirligi boşqarmasi boşliği Behzod Hamzayevga tayanib xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, har bitta maktabga QBox qurilmasi örnatilişi nazarda tutilgan, şuningdek, u axborot bilan töldiriladi. Qurilmaga çegaralangan maydon radiusi içida bölgan foydalanuvçilar ulana oladi.
«300 nafar foydalanuvçi bir vaqtning özida qurilmaga ulaniş imkoniyati mavjud hamda 10 terabayt qattiq xotiraga joylaştirilgan ma'lumotlardan bemalol foydalanişi mumkin. Texnik jihatdan QBox qurilmasidagi axborotlar har oyda bir marta yangilanadi.

Qattiq xotirada öqituvçi va öquvçilar uçun kerakli, eng asosiysi foydali ma'lumotlar bölişi ta'minlanadi. Masalan, video darsliklar, kitob va qöllanmalarning elektron nusxasi, seminar, trening va darslar uçun körgazmali qurollar şular jumlasidan. Qurilmani amaliyotga tatbiq etişimiz bilan yana bir masalada işlar yengillaşadi: öquvçi 1 sinfdan to 11 sinfga qadar kitob qidirib ovora bölmaydi. Endilikda barçasi real rejimda amalga oşiriladi - öquvçi kitoblarni QBox orqali köçirib olişi mumkin», deydi Innovatsion rivojlaniş vazirligi Davlat va jamiyatga innovatsiyalarni joriy etiş boşqarmasi boşliği Behzod Hamzayev.
Dastlabki bosqiçda Surxondaryo viloyatining 100ta maktabida qurilma sinovdan ötkaziladi. Keyinroq, qurilma özini oqlasa, 3 oy ötib, Surxondaryo viloyatining 855ta maktabida QBox örnatiladi. Sönggi bosqiçda qurilma respublikaning barça maktablarida örnatilişi rejalaştirilmoqda.
Ma'lumot uçun,Quantum Box qurilmalari Gongkongda işlab çiqariladi, AQŞning Unify kompaniyasi esa qurilma uçun maxsus dastur tayyorlagan. QBox qurilmalarini foydalanişga topşiriş, platformalarni sozlaş işlari bilan Özbekiston Axborot va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi şuğullanadi.











