Toşkent şahri Yunusobod tumani 8-dahasida joylaşgan 17, 18, 19 va 20 sonli köp qavatli uylar orasida «Murad Buildings» kompaniyasi tomonidan 1,23 ga yer maydonida köp qavatli turar-joy qurilişi boşlanişi böyiça uşbu xududda yaşovçi aholidan kelib tuşayotgan murojaatlar Toşkent şahar hokimi tomonidan örganib çiqildi, deyiladi Toşkent şahar hokimligi rasmiy saytida e'lon qilingan axborotda.

«Murad Buildings» kompaniyasi rahbari Murod Nazarov uşbu holat böyiça Toşkent şahar hokimi bilan telefon orqali muloqotdan söng quriliş işlarini töxtatdi va şu hududda yaşovçi aholi ehtiyoji uçun zarur bölgan binoni öz hisobidan qurib berişga va mahalla fuqarolar yiğiniga topşirişga rozi ekanligini bildirdi.

«Şu örinda aytiş kerakki, Murod Nazarov özining harakati bilan haqiqiy tadbirkor qanday bölişi kerakligini va tom ma'noda Mardlik namunasini körsatdi», deb yozadi Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati.