Moliya vazirligi prezidentning «Özbekiston Respublikasi suğurta bozorini isloh qiliş va jadal rivojlantirilişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasini e'lon qildi.
Norma’ning yozişiça, quyidagilarni taqiqlaş taklif etilmoqda:
• suğurtalovçining (qayta suğurtalovçining) faoliyatiga ma'muriy aralaşuv, suğurta zaxiralarining maqsadli mablağlarini özga maqsaddagi xarajatlar, xayriya va boşqa maqsadlarga yönaltiriş va qöllaş;
• suğurtalovçini (qayta suğurtalovçini) şartnomalar tuzişga va asossiz ravişda, yuz berişi aniq bölgan xatarlarni zimmasiga olişga majburlaş;
• bozordagi soğlom raqobat prinsiplarini buziş, tariflarning bozordagi örtaça tariflardan asossiz ravişda va ança farqlanişi, suğurta xizmatlarini sotişda demping sxemalaridan foydalaniş.
Qonunbuzarliklar uçun aybdor şaxslarga nisbatan suğurtalovçilarga (qayta suğurtalovçilarga) yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplagan holda egallab turgan lavozimidan ozod qiliş, faoliyatida uşbu dalillar aniqlangan suğurtalovçilarning litsenziyalarini esa çaqirib olişgaça bölgan qat'iy çoralar qöllanadi.
Şuningdek quyidagilar rejalaştirilmoqda:
• suğurta taşkilotlarining alohida bölinmalari rahbari va boş buxgalteri lavozimiga nomzodlarni oldindan kelişib oliş amaliyotini bekor qilib, töliq javobgarlikni suğurtalovçining (qayta suğurtalovçining) rahbariyati zimmasiga yuklaş;
• 2018–2021 yillarda Özbekiston Respublikasi suğurta bozorini isloh qiliş va jadal rivojlantirilişini ta'minlaş böyiça yöl xaritasini ma'qullaş;
• suğurta faoliyati turlari va sohalariga qarab tabaqalaştirilgan suğurtalovçilar ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oşiriş;
• 2019 yil 1 yanvardan boşlab böşatilayotgan mablağlarni ustav kapitalini oşirişga maqsadli yönaltirgan va ularni mazkur qaror bilan qöyiladigan talablarga muvofiqlaştirgan holda mulkçilik şaklidan qat'i nazar suğurtalovçilarni (qayta suğurtalovçilarni) daromad (foyda) soliğini tölaşdan ozod qiliş;
• suğurta tovonlarini tölaş haqidagi arizalarni körib çiqiş tartib-taomillarini birxillaştiriş va soddalaştirişni nazarda tutuvçi suğurta e'tirozlarini tartibga solişning namunaviy uslubiyatlarini joriy etiş;
• suğurtalovçilarning (qayta suğurtalovçilarning) xalqaro moliyaviy hisobot va hisob standartlariga bosqiçma-bosqiç ötişini amalga oşiriş;
• suğurtalovçilarning (qayta suğurtalovçilarning) KPMG, PwC, Deloitte va boşqa yetakçi auditorlik kompaniyalarining xulosalarini, şuningdek Moody’s, Fitch va Standard&Poors xalqaro reyting agentliklarining reyting baholarini bosqiçma-bosqiç olişlarini ta'minlaş;
• suğurtalovçilar (qayta suğurtalovçilar) hamda maxsus vakolatli davlat organi örtasida real vaqt rejimida masofadan turib suğurta xizmatlari körsatiş va elektron ma'lumotlar ayirboşlaş uçun biznes-jarayonlarni va tartib-taomillarni raqamlaştiriş;
• tölov qobiliyatini, moliyaviy barqarorlikni qöllab-quvvatlaş, aktivlar, investitsiya portfelining sifatini, xususiy kapital, suğurta zaxiralari mablağlari va boşqa majburiyatlarni joylaştiriş transparentligini oşiriş;
• korporativ boşqaruv tizimini, suğurta tavakkalçiliklari va risk-menejment baholanişini takomillaştiriş;
• aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligi va suğurta bozoriga işonç darajasini oşiriş;
• mijozlarning suğurta xizmatlariga ehtiyojlarini muntazam monitoring qiliş, suğurta xizmati körsatiş madaniyatini oşiriş va aholi orasida talabgir bölgan suğurta xizmatlarini körsatiş.
2019 yil 1 yanvardan boşlab suğurtalovçining (qayta suğurtalovçining) ustav kapitalida quyidagilarning iştirok etişini taqiqlaş taklif etilmoqda:
• offşor zonalarda röyxatdan ötkazilgan norezident yuridik şaxslar va offşor zonalarda yaşovçi fuqarolar;
• mazkur suğurtalovçi öz faoliyatini amalga oşirayotgan xuddi şu suğurta sohasida faoliyat yurituvçi suğurta taşkilotlari.
Faoliyat yuritayotgan suğurtalovçilarga ustav kapitali tuzilmasini uşbu talablarga muvofiqlaştiriş majburiyatini yuklaş rejalaştirilmoqda.
Yetakçi xalqaro suğurta kompaniyalarini texnologik hamkor va/yoki muassis sifatida jalb etgan holda yirik qayta suğurtalaş kompaniyasini taşkil etiş taşabbusiga qöl urildi.
Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta nazorati davlat inspeksiyasini tugatiş, şuningdek Moliya vazirligi huzurida Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligini (bundan keyin – Agentlik) hamda Agentlik huzurida suğurta xizmatlari iste'molçilarining huquq va manfaatlarini himoyalaş xizmatini taşkil etiş taklif qilinmoqda.
Rejada – suğurtalovçilarning (qayta suğurtalovçilarning) umumiy suğurta sohasidagi suğurta mukofotlari yiğimlaridan 0,3% miqdoridagi ajratmalarini maqsadli jamğariş uçun Moliya vazirligida maxsus sçyot oçiş. Sçyotdagi mablağlarni quyidagilarga yönaltiriş taklif etilmoqda:
• suğurtalovçilar (qayta suğurtalovçilar) bilan Agentlik örtasida ma'lumotlarni ayirboşlaş uçun axborot texnologiyalarini joriy etiş, jarayonlar va tartib-taomillarni raqamlaştiriş, masofadan turib onlayn-nazorat qiliş şaroitlarini yaratiş tadbirlarini moliyalaştiriş;
• Agentlik xodimlari va suğurta bozori professional iştirokçilarining moddiy-texnika bazasini yaxşilaş, moddiy rağbatlantiriş, xalqaro nazorat tuzilmalari va institutlarining malakali ekspertlarini jalb etgan, şuningdek xodimlarni xorijga çiqargan holda tayyorlaş va qayta tayyorlaş.
Moliya vazirligining rasmiy sahifasida takliflar va fikr-mulohazalarni bildiriş mumkin.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.











