Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AQŞga rasmiy taşrifi boşlandi. Prezident samolyoti Vaşingtondagi «Endryus» aeroportiga qöndi. Şavkat Mirziyoyevni AQŞ Davlat departamenti rahbariyati va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.


Prezident matbuot xizmati tarqatgan rasmiy ma'lumotlarga köra, Şavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bölib ötadi. Keng doiradagi muzokaralarda Özbekiston va AQŞ rasmiy delegatsiyasi vakillari iştirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.
16 may kuni keçqurun Özbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi ötkaziladi. Unda AQŞ ma'muriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari iştirok etadi.
Prezident 17 may kuni Pentagonga taşrif buyurib, AQŞ mudofaa vaziri bilan muzokara ötkazadi. Kapitoliyda Kongressmenlar va senatorlar bilan uçraşib, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaş masalalarini muhokama qiladi.
Şavkat Mirziyoyev Jahon banki Prezidenti bilan ham uçraşib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya jalb etiş böyiça muzokara olib boradi.








