Markaziy bank Boşqaruvining qarori bilan banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oşirişning yangi tartibi tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Ilgari banklararo elektron operatsiyalar Pul resurslarining banklararo elektron bozorida operatsiyalarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom (öz kuçini yöqotgan) bilan tartibga solingan. Yangilari uç oydan keyin amal qila boşlaydi.
Ma'lumot uçun: banklararo bozor tizimining maqsadi Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan elektron birja savdolari ötkaziş orqali pul mablağlarini jalb etiş yoki joylaştiriş operatsiyalarini amalga oşiriş hisoblanadi.
Yangi tahrirda taklif etilayotgan asosiy muhim farqlarni körsatib ötamiz.
Birinçidan, banklararo elektron savdolarni taşkil etiş va ötkaziş bilan valyuta birjasi şuğullanadi. Uning özi savdo iştirokçilariga tegişli dasturiy ta'minotni, şuningdek tizimda işlaş uçun login va parollarni taqdim etadi. Hozir uşbu vazifalarni infratuzilmadagi bölinma – ma'mur bajarmoqda. Şu tariqa, banklararo elektron bozordagi operatsiyalarni iştirokçilarning iş joyidan ham, valyuta birjasi savdo zalidagi iş joyidan ham amalga oşiriş mumkin böladi.
Ikkinçidan, pul bozoridagi operatsiyalar amalga oşirilişiga asos böladigan Boş bitim mazmuniga doir talablar belgilandi. Unda quyidagilar körsatilişi lozim:
• foiz tölovlarini hisoblaş, ularni tölaş tartibi va muddatlari;
• amal qiliş muddati;
• xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatining şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan şartlar;
• tijorat banklari örtasidagi özaro tuziladigan birja bitimlari uçun majburiy şartlar.
Uçinçidan, birja savdolarini ötkaziş vaqti özgaradi. Hozir iştirokçilar barça operatsiyalarni soat 9.00 dan 18.00 gaça ötkazişlari mumkin. Yangi tartibga binoan banklararo tölov tizimi iş vaqti yakunlanişiga 30 daqiqa qolguniga qadar, ya'ni soat 15.30 gaça ulguriş zarur böladi.
Törtinçidan, savdo iştirokçilari örtasida bitim tuziş uçun dastlabki buyurtma beriş taomili aniqlaştirildi. Munosib kontragentni izlaş uçun tizimga elektron şaklda tegişli buyurtmalar – pul mablağlarini jalb etiş va (yoki) joylaştiriş töğrisidagi takliflar kiritiladi. Buyurtmalarda quyidagilar körsatilişi lozim:
• jalb etiladigan/joylaştiriladigan pul mablağlari miqdori va muddati;
• valyuta turi;
• foiz stavkasi va foiz tölovlarini tölaş muddati.
Hujjat 15.08.2018 yildan kuçga kiradi.












