Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan telefon orqali muloqotda Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan Ğazo sektoridagi töqnaşuvni muhokama qildi. U bir qator davlatlar yetakçilari bilan Istanbulda 18 may kuni Islom hamkorlik taşkilotining şoşilinç yiğilişini çaqirilişi munosabati bilan telefon orqali muloqot ötkazmoqda.
«Prezidentimiz GFR kansleri Angela Merkel bilan telefon muloqoti ötkazdi. Prezident Ğazo sektorida vaziyat taranglaşayotgani tufayli juma kuni Istanbulda IHTning favqulodda sammiti ötkazilişi haqida xabardor qildi. Suhbat çoğida jahon hamjamiyati falastinliklarning huquqlari buzilişiga jim qarab turmasligi lozimligi ta'kidlandi», degan manba.
Şundan söng, Erdöğan Ruhoniyga qönğiroq qilgan, ikki siyosatçining ham fikri bir joydan çiqqan va bölajak sammit Ğazo sektoridagi vaziyat böyiça musulmon dunyosining pozitsiyasini namoyiş etişda muhim ahamiyat kasb etişiga e'tibor qaratilgan.
Turkiya prezidenti Ğazodagi vaziyat böyiça rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga ham qönğiroq qilgan. Prezidentlar AQŞning Isroildagi elçixonasi Al-Qudsga köçirilişi ortidan yuzaga kelgan keskin vaziyatni muhokama qilişgan.
Erdöğan Falastin rahbari Mahmud Abbos, Iordaniya qiroli Abdulla II, Malayziya boş vaziri Maxatxir Muhammad, Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Saudiya Arabistoni podşohi Salmon ibn Abdulaziz, Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad ol-Soniy, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo va Sudan prezidenti Umar al-Başir bilan ham telefon orqali muloqot qilib, Ğazodagi töqnaşuv masalasida fikr almaşgan.














