Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan BMTni dunyo muammolarini hal qila olmaslikda aybladi. U bunday fikrni Ğazo sektoridagi töqnaşuvlardan keyin BMTning harakatsizligi yuzasidan bildirdi.

Erdöğanning aytişiça, xalqaro taşkilot zaiflaşib ketgan. Uning fikriça, xalqaro hamjamiyat falastinliklar huquq va erkinliklarining poymol qilinişi borasida ikkilik standartini qöllamoqda.

“Agar bu hujumlar boşqa bir mintaqada bölganda, butun dunyoning noroziligini keltirib çiqarardi. Biroq afsuski, dunyo hamjamiyati Isroilning falastinliklarga nisbatan harakatlarini e'tiborsiz qoldirdi”, deb aytgan Erdöğan. 

Uning ta'kidlaşiça, jahon hamjamiyati Falastinning tinç aholisiga nisbatan Isroil hukumatining harakatlarini töxtatiş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişi lozim. “Agar Isroil zulmiga javob berilmasa, dunyo kallakesarlar hukmron böladigan alğov-dalğovlikka qarab ketadi”, deb qöşimça qilgan Erdöğan.