Özbekiston delegatsiyasining Amerika Qöşma Ştatlariga rasmiy taşrifi munosabati bilan “Villard interkontinental” mehmonxonasida uçraşuv bölib ötdi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, unda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a'zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari iştirok etdi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev prezident Donald Tramp bilan muloqoti özaro işonç va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga oliş ruhida ötganini alohida ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Biz bu tarixiy taşrifni keyingi ikki yil mobaynida misli körilmagan sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan Özbekiston – AQŞ hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garçi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olisda joylaşgan bölsa-da, mehnatsevarlik, bağrikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlaştirib turadi”, - dedi davlat rahbari.

Özbekiston va AQŞ örtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik kengayayotgani ta'kidlandi. Kuni keça ikki mamlakat kompaniyalari örtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi şartnomalar imzolangani yuqori baholandi. 

Uçraşuvda davlat rahbari Özbekiston tarixini çuqur örganib, butun dunyoda keng tarğib etayotgan Frederik Starr va barça amerikalik olimlarga taşakkur izhor etdi.
 
Tadbirda yana bir e'tiborli voqea böldi: köp yillik samarali ijodi, özbek maqom san'atini rivojlantiriş, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda tarğib etişga qöşgan hissasi uçun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Aşeroviç Malakovga “Özbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berilgani e'lon qilindi. Izro Malakov yuksak e'tibori va qadrdon özbek xalqining unvoni uçun prezidentga minnatdorlik bildirgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati