Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Kim Ke Gvan AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Boltonni Koreya yarim orolini Livan misolidek yadrosizlantiriş böyiça taklifi uçun tanqid ostiga oldi. Bu haqda NHK telekanali Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar qilgan.
AQŞ bilan muzokaralarda uzoq vaqtdan beri iştirok etib kelayotgan Kim Ke Gvanning bayonotida aytilişiça, KXDR Iroq va Liviyaning yölidan ketmoqçi emas. Uning fikriça, bu davlatlarda, ular ğarb mamlakatlariga böysunganidan keyin tanazzul yuz berdi.
Kim Ke Gvanning qöşimça qilişiça, KXDR mamlakat yetakçisi Kim Çen In va AQŞ prezidenti Donald Trampning uçraşuvini bekor qilişi mumkin. Bu Qöşma Ştatlar bosim ötkaziş siyosatini davom ettirsa yuz beradi. Hozirça sammit 12 iyunga belgilangan, u Singapurda bölib ötişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR Tramp bilan muzokaralar qanday şartda ötkazilişini ma'lum qilgandi.








