KUN.UZ’ning navbatdagi mehmoni özbekistonlik boksçi, Osiyo çempioni Bahodir Jalolov böldi. Sportçi bilan bölib ötgan samimiy suhbatda uning şaxsiyatida oçilmagan qirralar közga taşlandi.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

Professional boksga ilk qadam

– Töğrisini aytsam, professional boksga kirib kelişimdan asosiy   maqsad – Özbekistonda öz vaznim böyiça menga raqobatçining yöqligidir. Şuning uçun professional boksga ötişga majbur böldim. Bundan taşqari, Olimpiada öyinlarida hali oltin medalni qölga kiritganim yöq. Şuning uçun, har tomonlama reja qilib, professional boksga ötişga qaror qilganman. Şartnomamda ham Olimpiada öyinlariga, Osiyo va Jahon çempionatlarida iştirok etiş bandi ham kiritilgan. 

Yana bir jihati bor-ki, yuqorida aytganimdek, Özbekistonda vaznim böyiça raqibim topilmagani uçun ösişdan qoldim. Öz ustimda işlaş maqsadida AQŞga borib, munosib jangçilar bilan birga ringga kötarildim. Hozir Mayamida maşğulotlar ötkazyapman. Vazni oğir bölgan köp maşhur boksçilar öşa yerda maşğulot ötkazişgan. U yerda hozir ham şunday qilişadi. Şuning uçun ular bilan sparringlarga tuşib, maşğulot olib boryapman. 

Promouterlar masalasi

- Alhamdulillah, bizga ham köp joylardan takliflar böldi. Mana şu takliflarni örganib çiqib, Dionte Uaylder degan maşhur boksçining promouteri bölgan Dibala degan maşhur şaxs va “Fayt” promouterlik kompaniyasi bilan şartnoma tuzdim. Hozir ikkalasida ham işlayapman. Hammasi yaxşi, janglarni öz vaqtida ötkazib berişimga yordam qilişadi, şaroitlar qilib berişgan. Hozirgi maqsadim köproq jang ötkazib, boksçi sifatida reytingimni oşiriş. Meni hozir pul qiziqtirmaydi.

Özbekistonda şu paytgaça Olimpiadada oğir vaznli boksçi çiqmagan. Men kelajakda öz vaznim toifasida Olimpiadada yurtim bayroği ostida ringga kötarilişdir. Jumladan, Jahon çempionatlarida ham.