
Prezident Şavkat Mirziyoyev Pentagonda AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. Davlat rahbari köp yillik va samarali hamkorlik uçun AQŞ tomoniga minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp bilan ötgan muloqot natijasida davlatlararo munosabatlar yangi bosqiçga kötarilganini ta'kidladi, deb xabar beradi Prezidentning Matbuot xizmati.
Taşqi siyosatdagi oçiqlik va yaxşi qöşniçilik prinsiplariga asoslanib, Özbekiston suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlaş maqsadida mamlakat Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Harbiy okruglarning tarkibiy tuzilişi va vazifalari tubdan qayta körib çiqildi, harbiy bilim yurtlari isloh qilindi.
"Özbekiston bu sohada Amerika Qöşma Ştatlari bilan tajriba almaşiş, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yönalişida hamkorlik qilişdan manfaatdor", dedi Şavkat Mirziyoyev.
AQŞ mudofaa vaziri Prezident Mirziyoyev taşrifidan mamnun ekanini bildirib, Özbekiston mintaqadagi muhim geostrategik davlat ekanini ta'kidladi.

"Özbekistonning oçiq va konstruktiv taşqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik muhiti yaratildi. Afğoniston Prezidenti Aşraf Ğani bilan muloqotlaringiz, Afğoniston işlari böyiça maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy taşrifingiz doirasida qabul qilingan beş yilga möljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqadagi tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi", dedi Jyeyms Mettis.
Uçraşuvda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.







