
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu kuni Vaşington şahridagi Jahon banki ştab-kvartirasida ham böldi. Davlat rahbarini Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim kutib oldi, deb xabar beradi Prezidentning Matbuot xizmati.
"Bugungi kunda Özbekiston va mazkur bank örtasidagi özaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş sohalarini qamrab olgan. 2020 yilgaça hamkorlik qöşma dasturiga umumiy qiymati 4 milliard dollar bölgan 27 ta muhim loyiha kiritilgan", deyiladi xabarda.
Uçraşuv çoğida boğdorçilikni rivojlantiriş, şoşilinç tibbiy yordam tizimini takomillaştiriş, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oşiriş, isitiş tarmoqlarini modernizatsiyalaş, moliyaviy konsultativ xizmat körsatiş kabi sohalarga oid bitimlar imzolangani aytilmoqda.

Muzokarada yangi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi, hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça takliflar bildirildi.
Şu bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlariga rasmiy taşrifi yakuniga yetdi.







