Ijtimoiy tarmoqlarda aralaş yakkakuraşlar böyiça (MMA) rossiyalik jangçi Albert Durayevni musobaqalardan çetlaştiriş böyiça petitsiyaga imzo yiğilmoqda. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar berdi.

Sport işqibozlarining darğazab bölişiga video sabab böldi, unda Durayev öz şerigi bilan muşukni bir-birlariga qarata otişgan.

Rolik 29 yoşli sportçining özi tomonidan instagramdagi sahifasida e'lon qilindi.

Petitsiya mualliflari Durayev va uning şerigini MMA musobaqalaridan çetlaştirişni talab qilişmoqda. Hozirça buning uçun 60 mingta imzo yiğildi.

Durayev M-1, Unity Championships va Absolute Championship Berkut şafeligida janglarda iştirok etgan. Uning hisobida 11 ğalaba va uçta mağlubiyat bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq MMA jangçisi qölidan dahşatli jarohat olgani va raqibidan qoçişga uringani tasvirlangan video e'lon qilingandi.