Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Uluğnor tumanida davom etayotgan videoselektor yiğilişida nutq sözlab, unda «Andijondagi oğir kunlar»ni yodga oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Hayotimda, boşimdan juda köp, oğir kunlarni ötkazgan bölsam, men ana şularni Andijonda, juda oğir kunlarda, andijonliklar bilan yaşab, yelkama-yelka turib ötkazdim. Öşanda Alloh taolodan iltimos qilardim: Xudo bizni şu sinovdan eson omon ötkazsin deb», – deydi davlat rahbari.
Prezident «Andijondagi oğir kunlar» deganda nimani qaysi paytni nazarda tutgani haqida batafsil gapirmadi.
«Mana, hozir qöşnilarimiz bilan yaxşi bölyapmiz. Qöşnini Xudo sinov uçun beradi. Qöşnini heç kim tanlab olmaydi. U Xudo barçaga bergan marhamat! Şuning uçun, qöşnilarimiz bilan qanday-qanday şartnomalarga qöl qöyib, işlarni amalga oşiryapmiz. Bu esa bizning bağrikengligimizga yaraşadi», deb sözida davom etgan davlat rahbari.
Ma'lumot uçun, 2005 yil 13 may kuni Andijon şahrida yuz bergan xunrezliklardan söng, 2010 yili qöşni Qirğiziston Respublikasi Öş viloyatida etnik töqnaşuvlar natijasida köplab özbek millatiga mansub kişilar aziyat çekkandi.









