Mamlakatimizda insonning boşqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e'tiqod erkinligini ham ta'minlaşga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonun, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 20 iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasida diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi arizalarni körib çiqiş Qoidalari»da vijdon erkinligining asosiy tamoyillari, vazifalari, ularni amalga oşiriş yöllari, qoidalari va kafolati, fuqarolarning bu sohadagi huquq va burçlari belgilab berilgan.
«Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonunda belgilanganidek vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qiliş yoki heç qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Darhaqiqat, vijdon erkinligi – har bir fuqaroning dinga e'tiqod qilişi yoki qilmaslik, diniy rasm-rusum va marosimlarda iştirok etiş yoki etmaslik kabi dinga nisbatan öz munosabatini mustaqil aniqlaydigan şaxsiy huquqidir. Har bir fuqaro öz ixtiyori bilan diniy ta'lim oliş huquqiga ega. Buning uçun fuqarolarni u yoki bu tarzda majbur etişga yöl qöyilmaydi. Davlatimiz tomonidan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravişda vijdon va e'tiqod erkinligi huquqidan foydalaniş qat'iy kafolatlangan.
Diniy bağrikenglik esa – xilma-xil diniy e'tiqodda bölgan kişilarning olijanob ğoya va niyatlar yölida hamkor va hamjihat bölib yaşaşi, kişilik jamiyati ravnaqi yölida xizmat qilişini anglatadigan tuşunçadir. Bugungi kunda mazkur ğoya jamiyatning barça a'zolari hamkorligini nazarda tutuvçi, tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, ozod va obod Vatan qurişning muhim şartlaridan biridir.
Şöro davrida mamlakatimizda bor-yöği 90taga yaqin islom yönalişidagi diniy taşkilot (masjid, madrasa) faoliyat yuritgan bölsa, hozirgi kunda Özbekiston Musulmonlari idorasi boşqaruvi ostida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boşqarmalarida rasmiy röyxatdan ötgan 2000dan ortiq masjid faoliyat körsatib kelmoqda. Şu jumladan, Buxoro viloyatida ham 105ta islomiy yönalişidagi va 10ta noislomiy yönalişdagi diniy taşkilot röyxatga olingan.
Buxoro viloyat adliya boşqarmasi boşliği örinbosari Anvar Röziyevning xabar berişiça, 18 may kuni Buxoro viloyat adliya boşqarmasi tomonidan Buxoro şahri, «Xöjamuşkin» MFY, Alpomiş köçasida joylaşgan












