KOSTA-RIKA
Mustaqilligi: 15 sentabr, 1821 yil
Boşqaruv şakli: Prezident respublikasi
Poytaxti: San Xose
Aholisi: 4.8 million (122-örin)
Pul birligi: Kolon
KOSTA-RIKA TeRMA JAMOASI
Laqabi: Los Ticos
Konfederatsiya: Konkakaf
Libosi: Qizil-kök
Boş murabbiy: Oskar Ramires
Terma jamoa safida eng köp maydonga tuşgan: Valter Santeno (137)
Terma jamoa safida eng köp gol urgan: Rolando Fonseka (47)
Dastlabki uçraşuv: Salvador 7:0 (1921)
Eng yirik hisobdagi ğalaba: Puerto Riko 12:0 (1946)
Eng yirik hisobdagi mağlubiyat: Meksika 0:7 (1975)
KONKAKAF: Çempion (1963, 1969, 1989)
Jahon çempionati: Çorak final (2014)

Kosta-Rika ötgan asrning 60-yillaridan buyon Konkakaf mintaqasida kuçli terma jamoalaridan biri sanalib, terma jamoasi beşinçi marotaba jahon çempionatiga taşrif buyurayotgan bölsa-da, ilk marotaba mundialga Italiyada ötgan 1990 yildagi turnirga kelişgandi. Ungaça Kosta-Rika uç marotaba öz qit'asida çempionga aylangan, ammo saralaş bahslariga kelganda, nuqul muvaffaqiyatsizlikka uçrardi. Undan oldinroq ham, hali şimolliklar (AQŞ, Meksika, Kanada) bilan birlaşmagan davrlarda, 1941-61 yillarda Kosta-Rika yetti karra Şimoliy Amerika çempioni bölgandi.
Lekin debyut juda omadli keldi. Şotlandiya, Şvetsiya va Braziliya terma jamoalari joy olgan guruhda debyutantlar guruh autsayderi sifatida baholangan bölişsa-da, Yevropa jamoalariga qarşi öyinlarda Kosta-Rika ğalaba qozondi. Ayniqsa, Gabelo Konexo ismli darvozabon öşa öyinlarda juda kuçli öyin körsatib yuborgan, bir qator Yevropa jamoalarining nazariga tuşgandi. Darvoqe, hozirda Konexo terma jamoada darvozabonlar murabbiyi vazifasini bajarib kelmoqda.
Nimçorak finalda öşa paytlarda ança kuçli sanalgan Çexoslavakiya terma jamoasi röbaru böldi. Ança tajribali va kuçli bölgan raqib Kosta-Rikaga heç qanday imkoniyat qoldirmadi va öyin 1:4 hisobida yakunlandi. Şunday bölsa-da, dastlabki uriniş qoniqarli çiqqandi. 2002-2006 yilgi musobaqalarda «qahramonlarimiz» guruhdan çiqa olişmadi, keyingi mundial saralaşida esa, Kosta-Rika öz mintaqasida törtinçi örinni olib, plef-offda Urugvaydan yengildi. Ötgan safargi jahon çempionati esa, mamlakatda oltin harflar bilan yoziladi - terma jamoa öşa Urugvaydan qasd oliş bilan birgalikda, öz tarixidagi eng yaxşi natijani qayd etgandi.















