Bugun JÇ-2018 doirasida yana uç uçraşuv ötkaziladi. Muxlislar uzoq kutgan, turnirning asosiy favoritlari sifatida körilayotgan Germaniya va Braziliya terma jamoalari, şuningdek, mundialdan avvalroq «katta maşhurlik»ka erişgan Meksika öz iştirokini bugun boşlaydi. Bugunga şuningdek, Serbiya va Kosta-Rika jamoalari bellaşuvi belgilangan.

Ye guruhi

Kosta-Rika — Serbiya, «Samara Arena» (Samara), 17.00 Toşkent vaqti (Matç TV)

Bugunning oçiliş öyini boşqa ikki juftlikdagi kabi jaranglamaydi - lekin Samaradagi Yevropa va Amerika jamoalari töqnaşuvi ham ayrim jihatlari bilan e'tiborga molik.

Kosta-Rika
FIFA reytingidagi örni (iyun): 23

Darvozabonlar: Keylor Navas («Real»), Parik Pemberton («Alaxuelense»), Leonel Moreyra («Erediano»). 
Himoyaçilar: Kristian Gamboa («Seltik»), Yan Smit («Norçeping»), Ronald Matarrita («Nyu-York Siti»), Brayan Ovedo («Sanderlend»), Oskar Duarte («Espanol»), Jankarlo Gonsales («Bolonya»), Fransisko Kalvo («Minnesota Yunayted»), Kendall Uoston («Vankuver Uaytkeps»), Jonni Akosta («Agilas»). 
Yarim himoyaçilar: David Gusman («Portlend Timberz»), Yeltsin Texeda («Lozanna»), Selso Borxes («Deportivo»), Rendall Asofeyfa («Erediano»), Rodni Uolles («Nyu-York Siti»), Kristian Bolanos («Saprissa»), Xoan Venegas («Saprissa»). 
Hujumçilar: Brayan Ruis («Sporting»), Daniel Kolindres («Saprissa»), Xoel Kempbell («Betis»), Markos Urenya («Los-Anjyeles»).

JÇ saralaşi
Ikki terma jamoa ham guruh bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan, serblar Uels, Irlandiya va Avstriya kabi terma jamoalarni ortda qoldirib, birinçi örinni egallagandi. Oskar Ramires şogirdlari esa KONKAKAF saralaşida yöllanmani finişga 3 tur qolganida naqd qilgandi, kosta-rikaliklar AQŞga qarşi uyda ham, safarda ham ğalabali öyinlar ötkazdi (umumiy hisob 6:0), yakunda kosta-rikaliklar Meksika, Panama, Honduras, AQŞ va Trinidad kabi terma jamoalardan iborat guruhda (saralaşning oxirgi bosqiçi) ikkinçi örinni egallab, çempionatga töğridan-töğri yöl oldi.