Oila kodeksiga muvofiq er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) ajraşgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi notarial tasdiqlangan kelişuvi nikoh şartnomasi deb hisoblanadi. Uning amal qilişi faqat nikoh FHDYo organlarida röyxatdan ötkazilgandan keyin boşlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar qilingandi.
Nikoh şartnomasi nikoh rasmiylaştirilgunga qadar ham, nikoh davrida ham tuzilişi mumkin.
Nikoh şartnomasida barça mol-mulkka, uning ayrim turlariga yoxud er va xotinning öz mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, uluşli yoki alohida egalik qiliş tartibini örnatiş mumkin. Ya'ni ular nikoh davrida qölga kiritgan mol-mulklar teng ikki qismga bölinmaydi. Er va xotinning har biriga mol-mulkning şartnoma bilan belgilangan qismigina tegişli böladi.
Masalan, nikoh şartnomasi tuzilmagan holatda er-xotin birgalikdagi pulga kvartira sotib olgan bölişsa, ajraşişda kvartira teng ikkiga bölinadi.
Agar nikoh şartnomasi tuzilgan bölsa, ajraşiş va birgalikda yiğilgan mol-mulkni bölişda sudya uning qoidalariga tayanadi. Şartnomada er-xotinning kelişuviga qarab kvartira ajraşilgandan keyin er yoki xotinning mulkiga ötadi yoki umuman sotilişi kerak deb qayd etilişi mumkin.
Nikoh şartnomasi mavjud yoki bölğusi mol-mulkka nisbatan ham, tuzilişi mumkin. Nikoh şartnomasining predmeti köçmas mulk, maşinalar, pul mablağlari va boşqa mol-mulk bölişi mumkin.
Nikoh şartnomasida turli maişiy şartlar (oilada er yoki xotin bajarişi lozim bölgan yumuşlar), boşqa şaxsiy majburiyatlar (masalan aliment), nazarda tutilişi mumkin emas.











