Mayning ikkinçi yarmida Özbekiston viloyatlarida kuçli yoğingarçiliklar ortidan sel kelişi kuzatilmoqda.

Ötgan haftada Samarqand va Navoiydagi sellar oqibatida qişloq xöjaligida jiddiy zararlar kuzatilgan bölsa, Surxondaryoda kuçli yomğirdan söng 116ta uy suv ostida qoldi va 750dan ortiq kişi evakuatsiya qilindi. Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani, «Mirzatöq» mahalla fuqarolar yiğini, Sariqamiş qişloğida sel oqimi beş kişining ölimiga sabab böldi.

Sönggi kunlarda esa Özbekistonning şarqiy viloyatlarida ham kuçli yomğirlar selga aylanmoqda. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 543ta hovli suv ostida qoldi.

KUN.UZ mobil muxbiri Farğona viloyati, Söx tumanida kuzatilayotgan sel tasvirlarini yölladi. Videoda kuçli suv oqimi aholi turar joylariga bostirib kirgani, köçalarda maşinalar loyga botib qolganini kuzatiş mumkin.

Söx tumanidagi “Ğaznob” mahallasida seldan paydo bölgan kuçli suv oqimi oqibatida  uylar, köçalar zarar kördi. Mahallaning qabristonini oqim yuvib ketganligi tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.

Tabiiy ofatdan jami 243 xonadon qisman zarar körgan.

Farğona  viloyat ma'naviyat boşqarmasi, viloyat kasaba uyuşmasi tomonidan aholiga eng kerakli anjomlar keltirilib,  15 xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Sel oqibatlarini bartaraf etiş uçun 27ta MFYdan 600 nafar haşarçi yetib kelişdi.

FVV Özbekistonning qator viloyatlarida 22 maygaça sel keliş xavfi mavjudligidan ogohlantirgan.